Gvardiola jamoasida necha nafar futbolchi koronavirusga chalinganini aytdi
01 jan 2021 22:13
Yangiliklar
Gvardiola jamoasida necha nafar futbolchi koronavirusga chalinganini aytdi
APLning 17-turi doirasida "CHelsi"ga qarshi o'yindan oldin "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola kadrlar muammosi haqida gapirdi.
25 dekabr kunida Kayl Uoker hamda Gabriel Jezus ushbu kasallikni yuqtirib olgani aytilgandi. Endi ularning oldiga yana 3 nafar futbolchi qo'shildi.
"Dastlabki tekshiruvlarda 4 nafar vakilimizda kasallik aniqlangandi, shularning ikkitasi futbolchi edi. Endi esa yana 3 futbolchi virusni yuqtirgan. Liga bizda ularning nomini aytishni taqiqladi. Ularning qarorini hurmat qilish kerak. Ertaga tarkibni qo'yganimda o'sha futbolchilarni bilib olsangiz bo'ladi", - dedi Gvardiola.
Oldinroq "shaharliklar"ning "Everton"ga qarshi o'yini shu boisdan qoldirilgandi. "CHelsi"ga qarshi o'yin esa 3 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar