Gvardiola jamoadoshi bo'lgan eng iqtidorli futbolchi kimligini aytdi
10 okt 2023 19:51
Yangiliklar
Gvardiola jamoadoshi bo'lgan eng iqtidorli futbolchi kimligini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoadoshi bo'lgan eng iqtidorli futbolchi haqida gapirdi.
Ispaniyalik murabbiy futbolchilik faoliyati davomida "Barselona", "Breshiya", "Roma", "Al Ahli" va "Dorados de Sinaloa" kabi jamoalar tarkibida o'ynagan.
"Iqtidorli futbolchilar juda ko'p, shu jumladan Italiyada ham. O'zim birga o'ynagan eng iqtidorli kim? SHak-shubhasiz, Roberto Badjo.
Iqtidor doimom rivojlanadi, buning uchun ko'p mashg'ulot qilish va o'z xatolari ustida ishlash kerak", - dedi Gvardiola.
Badjo 1993 yilgi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan. Klub va terma uchun 300dan ko'p gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar