Gvardiola dekabrda ham eng yaxshi deb topildi va rekord o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2018, 15:45
Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti 2017 yil dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomini e'lon qildi.

2017 yilning so'nggi oyida "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola tengsiz deb topildi. Gvardiola ushbu sovrinni ketma-ket to'rt oy (sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr) qo'lga kiritdi.

Ispaniyalik mutaxassis qo'l ostidagi jamoa dekabrdagi 7ta uchrashuvning 6tasida g'alabaga erishdi va 1ta durang o'ynadi.

Shunday qilib, Xosep Gvardiola APLda ketma-ket to'rt marta oy murabbiyi bo'lgan birinchi murabbiyga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia