Gvardiola: "De Bryuynening jarohati "Manchester Siti"ga yordam berishi mumkin"
15 dek 2018 12:43
Yangiliklar
Gvardiola: "De Bryuynening jarohati "Manchester Siti"ga yordam berishi mumkin"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening davolanishi haqida gapirib berdi.
Eslatib o'tamiz, De Bryuyne tiza jarohati tufayli joriy mavsum APLning bor-yug'i 3ta uchrashuvida maydonga tushdi.
"Kevin o'tgan mavsumda juda ko'p o'ynadi. Keyin esa Belgiya terma jamoasi safida jahon chempionatiga yo'l oldi. Kevin qaytganida u hali ham tiklana olmagani ko'rinib turgan edi. Bazida to'liq tiklanish uchun ko'proq vaqt ketadi.
Futbolchilar shikastlanishini istamaymiz, ammo Kevinning jarohati jamoaga yordam berishi mumkin. Endi u sog', miyasi toza. Kevin jarohat olmaslikka harakat qiladi. U biz uchun juda muhim futbolchi" - deydi Gvardiola.
Fikrlar