Gvardiola: “CHelsi” top jamoa, ammo “Siti” yaxshiroq o'ynaydi”
09 may 2021 07:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636001_original.jpg)
![](/upload/storage/636001_220.jpg)
Gvardiola: “CHelsi” top jamoa, ammo “Siti” yaxshiroq o'ynaydi”
“Katta bosim ostida kechgan bahsda biz yaxshi o'yin ko'rsata oldik. Birinchi bo'lim so'nggida penaltini golga aylantira olmadik. Penaltini qanday tepish haqida Agueroning o'z qaror qabul qildi. Ixtiyor futbolchining o'zida edi va bu vaziyatga qandaydir qo'shimcha qilish shart emas.
Penaltini golga aylantirish kerak edi. Ammo futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Keyingi gal aynan o'sha nuqtadan amalga oshiriladian jarima to'plarini golga aylantirishga urinamiz. O'sha vaziyatning takrorini ko'rdim. SHubhasiz penalti bor edi...
“CHelsi” – top jamoa, ammo biz yaxshiroq o'yin ko'rsatdik. Hammasi yaxshi ketayotgandi, ammo ular o'yin so'nggida gol urib, g'alabani o'zlari tomonga og'dirib olishdi. 21 kundan keyin biz ECHL finalida yana kuch sinashamiz. Bugungi bahs bizga dars bo'ldi” deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar