Gvardiola: "Boshqa murabbiylar bilan janjal bo'lmaydi degan umiddaman"
05 iyu 2016 12:06
Yangiliklar
Gvardiola: "Boshqa murabbiylar bilan janjal bo'lmaydi degan umiddaman"
"Bosh top-murabbiylar bilan jang bo'lishini kutyapmanmi? Hammasi janjallarsiz o'tishiga umid qilaman (kuladi). Futbol tarafdan olib qaraydigan bo'lsak, biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Ammo keling mavsum boshlanishini kutamiz. Mening rejalarim bor, ammo hammasi futbolchilarga bog'liq. Murabbiylarga keladigan bo'lsak - barcha hamkasblarim bilan yaxshi munosabatda bo'lmoqchiman.
Matbuot bilan muloqotni qanday rejalashtirganman? Bu borada deyarli barcha murabbiylar bir-biriga o'xshaydi: G'alabadan so'ng yaxshi kayfiyatda bo'lamiz va matbuot-anjumanidagi savollarga bajonudil javob beramiz, ammo mag'lub bo'lsak hech kimga javob bermay, tezroq ketishni istaymiz. Biroq men Barselona va Madridning aqldan ozgan jurnalistlari bilan ishlab, tajriba orttirganman. Hozircha ingliz jurnalistlari bilan muloqot qilganim yo'q, ammo muammo bo'lmasligiga ishonchim komil" - deydi Gvardiola.
Fikrlar