Gvardiola "Bavariya" bilan kelishuvni uzaytirish uchun o'z shartlarini elon qildi
21 may 2015 18:45
Yangiliklar


Gvardiola "Bavariya" bilan kelishuvni uzaytirish uchun o'z shartlarini elon qildi
"Bavariya" rahbariyati Xosep Gvardiolaga 2018 yilgacha yangi shartnoma taklif qildi.
Ispan mutaxassisning klub bilan amaldagi bitimi 2016 yilgacha belgilangan. Malumotlarga ko'ra, avvaliga Gvardiola "Bavariya"ning taklifni ko'rib chiqishga tayyor bo'lgan, ammo u bazi shartlarni o'rtaga qo'ymoqchi: murabbiy o'z o'yin uslubini jamoaga etkazib berishi uchun futbolchilarni o'zi tanlashi kerak. Pep rahbariyaga qaysi futbolchilarni xarid qilish kerakligini malum qilib bo'lgan. Gvardiola Myunxen klubiga kelganda "Bavariya"dan Neymarni xarid qilishni so'ragan, ammo rahbariyat iqlimga ko'nikish muammolarini ko'rsatib Mario Gyotceni sotib olgan. Murabbiy bu holat yana qaytarilishini istamaydi.

Fikrlar