Gvardiol qaysi klubda o'ynashni xohlayotganini aytdi
03 dek 2022 00:30
Yangiliklar
Gvardiol qaysi klubda o'ynashni xohlayotganini aytdi
"Leypcig" va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol "Real"da o'ynashni xohlayotganini malum qildi.
"Real Madrid" dunyodagi eng katta klub, shuning uchun kim biladi... balki bir kun kelib men u erda to'p teparman. Ha, buni juda xohlayman. Modrich menga "Real Madrid" haqida hech narsa aytishi shart emas. Allaqachon klub haqidagi hamma narsadan xabardorman, "Real" dunyodagi eng katta klub ekanligini va bunday jamoa bilan bog'lanish qanchalik muhimligini yaxshi bilaman", - dedi Gvardiol.
20 yoshli xorvatiyalik futbolchi 2021 yildan buyon “Leypcig” safida to'p tepadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 60 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Gvardiol “Leypcig” safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar