So’nggi yangiliklar

18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   0 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  2 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1

Gus Xiddink: "Rossiya 1/8 finalda Portugaliya bilan o'ynagani yaxshiroq, ispanlardan farqli, u erda faqat Ronaldu xavfli" Yangiliklar

Gus Xiddink: "Rossiya 1/8 finalda Portugaliya bilan o'ynagani yaxshiroq, ispanlardan farqli, u erda faqat Ronaldu xavfli"

Teglar :  JCH-2018Gus Xiddink
Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Gus Xiddink mezbonlar JCH-2018 1/8 finalda kim bilan kuch sinashgani yaxshiroqligini aytib o'tdi.

"Bu vaziyatda Portugaliya qulayroq raqib. Menga Ispaniya termasining o'yini yoqyapti. Jamoa kombinacion futbol orqali raqibni istalgan vaqtda jazolashi mumkin. Bir soniyaga etiborsizlikka yo'l qo'ydingizmi, ispanlar sizni kechirmaydi. Portugaliyada esa bunga faqatgina Krishtianu Ronaldu qodir.

Ronaldu kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'la oladi. U kutilmaganda, raqib etiboridan qochib, to'pga ega chiqadi va – bum!

Ispaniya esa butun o'yin xotirjam o'yin ko'rsatib, oxirgi 20 daqiqada raqibini taslim qilishi mumkin. Eron "Qizil furiya"ga qarshi qanday o'yin ko'rsatganiga etibor berdingizmi? Birinchi bo'limda ular faqat himoya haqida o'ylashdi. Gol qo'yib yuborgach, "O, kelinglar, endi biz ham futbol o'ynaymiz" deyishdi. Hamma ko'rdiki, bu ularning qo'lidan kelar ekan. Ular yaxshi imkoniyatlar yarata olishdi. Qaysidir vaziyatlarda, qaysidir manoda eronliklar ispaniyaliklardan ham xavfliroq o'yimn namoyish etishdi!

Ammo hisobni tenglashtirishga ulgurishmadi. Bu dars bo'lishi kerak. Butun o'yin davomida faqat himoya haqida, gol o'tkazmaslik haqida o'ylash noto'g'ri. Vaziyat istalgan vaqtda o'zgarib ketishi, natijada xatoni to'g'rilashga sizda vaqt qolmasligi mumkin", – dedi Xiddink.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика