So’nggi yangiliklar

00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  0 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  72 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1

G'ulomxo'jaev "Turon"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nega matbuot anjumaniga kirmadi? Yorqin Nazarov javob berdi Yangiliklar

G'ulomxo'jaev "Turon"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nega matbuot anjumaniga kirmadi? Yorqin Nazarov javob berdi

O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "Turon" - "Andijon" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida qatnashdi.





"Avvalo "Turon" jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Bugun teng o'yin bo'ldi, deb o'ylayman. Dastlabki 5-10 daqiqada tayyor emasligimizdan raqib foydalanib gol urdi. Ikki jamoada vaziyatlar ko'p bo'lmadi. Balki havo issiq ekanligi tasir qilgandir",- deydi Yorqin Nazarov.

- Sunnatilla Hamidjonovning qiziqqonligi haqida...

- Buning sabablari bor. Raqib futbolchisi bilan tortishib qolgani uchun shunday bo'ldi. 23-raqamdagi futbolchiga hakam qizil kartochka ham ko'rsatishi kerak edi. Haqiqatdan ham qo'li bilan urib ketdi.

- "Andijon" bu mavsumda gollarini standart vaziyatlardan urmoqda. O'yinda vaziyatlar ham bo'layotgani yo'q. Jamoa qachon o'yindan gol uradi...

- SHuni ustida ishlaymiz. Bilasiz jamoa yosh. Yosh deganimiz bilan gol urmasligimiz degani emas. Himoyani tartibga solib endi hujum qilish ustida ishlashni boshladik. Keyingi uchrashuvlarda o'yindan ham gol uramiz. Nasib qilsa yutuqlar ham bo'ladi.

- Nizomiddin Ziyovutdinovning klubni tark etishi va Edgard Bernxartdning jamoa bilan birga emasligi nimaga bog'liq?

- Edgard betob. Oyog'ini tortib olgan. Har kuni individual shug'ullanmoqda. Nizomidinni AGMKga qaytarib berdik. U ijarada o'ynayotgandi.

- "Andijon" Kubokda 3ta o'yinda 1 ochko oldi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Kubokda "Aral Samali" bilan o'yinda yosh futbolchilarni tekshirib oldik. Zaxiramizni ko'rdik. Kubokda bosh maqsad futbolchilarni ko'zdan kechirib olish edi.

- Bosh murabbiy Otabek G'ulomxo'jaev nima uchun matbuot anjumaniga kelmadi?

- U rahbariyat bilan gaplashib qoldi. Sizlar uni kutib o'tirmaysizlarku. SHu bois bosh murabbiy matbut anjumaniga kela olmadi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика