So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  2 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

G'ulomhussayn Husnavi: "Paxtakor" tajribali va kuchli jamoa" Yangiliklar

G'ulomhussayn Husnavi: "Paxtakor" tajribali va kuchli jamoa"

"Paxtakor" va "Naft Tehron" o'rtasidagi o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ishtirok etishdi.
Bosh murabbiy Alirizo Mansurianda viza borasidagi muammo chiqqani tufayli yordamchi murabbiy G'ulomhussayn Husnavi     va jamoa sardori Vohid Hamdinejad ishtirok etishdi.

"Barchaga Assalomu alaykum, O'zbekistonning aziz aholisi. Toshkentga kelganimdan xursandman. "Paxtakor"dek kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. Bu jamoa hurmatga loyiq jamoa, o'ylaymanki ertaga "Naft" ham ishonchli o'yin ko'rsatadi. "Paxtakor" OCHLda bir necha yillardan buyon ishtirok etib kelmoqda, "Naft" esa ilk bor OCHLda qatnashadi. Ertaga muxlislarga yoqadigan o'yin bo'lishiga umid qilaman", - deydi G'ulomhussayn Husnavi.

"Ertangi o'yinga yaxshi tayyorlandik. Xabaringiz bor, biz o'z tariximizda ilk bor bunday katta musobaqada ishtirok etamiz. Xudo xohlasa g'alaba qozonamiz", - deydi Vohid Hamdinejad.

- Raqib kuchiga qanday baho berasiz?
- "Paxtakor" juda katta tajribaga ega. O'zbekistonning bir necha karra chempioni, Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish borasida eng etakchi o'rinlarda. Kuchli raqibga munosib qarshilik ko'rsatishga urinamiiz.

- Jamoaning ruhiy, jismoniy holatidan qanchalik qoniqayapsiz?
- Oxirgi rasmiy o'yinni bir hafta oldin o'tkazgandik. Eronda ortda qolgan 21ta turdan so'ng peshqadamlik qilmoqda. Men o'yinchilarimning holatidan qoniqayapman.

- "Paxtakor" OCHLda Eron klublariga qarshi Toshkentda 6ta o'yin o'tkazgan va barchasida g'olib chiqqan bu jamoaga ortiqcha bosim yuklamaydimi?

- Bu malumot bizda bor edi. To'g'ri takidladingiz. Bu raqibning qanchalik kuchli ekanini ko'rsatadi. Toshkentda hech bir Eron klubi "Paxtakor"ni mag'lub etmagani bosim yuklamaydi. Ertaga biz shunga yarasha taktika tanlaymiz.

"Naft Tehron" o'z tarixida ilk bor Eron chempioni bo'lishga yaqin turibdi. Jamoa uchun qaysi biri muhim OCHLmi yoki Eron chempionatimi?

- Biz bundan tashqari Eron Hafzi kubogida ham ishtirok etayapmiz. Yani uchta musobaqada qatnashayapmiz. Biz uchun eng muhimi bu - Osiyo chempionlar ligasi.

- "Naft" ikki nafar bo'ydor himoyachi, ikki nafar tayanch yarim himoyachisi bilan o'ynayapti. Asosiy etibor aynan shu futbolchilarga tayanib o'ynaydi. "Paxtakor" esa texnik tomonlama kuchli. Bunga qanday qaraysiz?

- Bunga "Al Jayish" bosh murabbiyi Sabri Lyamyushining gapi bilan javob beraman: "Bizning safimizda kabi kuchli futbolchilar bor. Lekin "Naft" texnik va taktik tomonlama kuchli o'ynay oldi". SHu bois ertaga ham shunday o'ynashga urinamiz.

- "Paxtakor"ning qaysi futbolchisidan xavf kutayapsiz?

- Raqib jamoaviy o'yinda kuchli. Alohida bir futbolchini ko'rsata olmaymiz.

Narzulla Saydullaev


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика