G'ulom O'runov: “Birdamlik g'alabamiz omili bo'ldi”
25 apr 2016 10:31
Yangiliklar
G'ulom O'runov: “Birdamlik g'alabamiz omili bo'ldi”
- O'tgan turda “Buxoro”dan uchralgan alamli mag'lubiyatni tezroq unutib, o'z maydonimizda kechadigan qiyin o'yinga munosib ravishda tayyorgarlikka ko'rgandik. Muxlislarimizni faqat g'alaba bilan xursand qilishimiz shart edi. Aks xolda bizga keyinchalik yana qiyin bo'lardi. Buni uchrashuv avvalida murabbiylar ham takidlab o'tgandi. SHu bois barchamiz birdam bo'lib, xarakat qildik.
- Garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, uchrashuv jamoamiz uchun qiyin kechdi. “So'g'diyona” ham yaxshi kurashchan, jamoa sifatida shakllangani ko'rinib turibdi.
- Yuqorida takidlab o'tganimdek, birdamlik g'alabamiz omili bo'ldi. Jamoamiz tarkibi bu yil yangitdan tashkil topdi. Asta-sekin o'z o'yinimizni topib bormoqdamiz. SHu o'rinda bizni safar va uy uchrashuvlarimizda ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab kelayotgan ashaddiy ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Ularning olqishi ham biz uchun juda muhim.
“Andijon” matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar