"Guliston" yana birinchi ligada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2013, 16:49
Gulistonning "Guliston" klubi bu yil 10 yillik tanaffusdan so'ng oliy ligada ishtirok etdi.
Biroq, birinchi davrani ajoyib tarzda o'tkazgan Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa mavsumni 13-o'rinda tugatdi va birinchi ligaga qaytishga majbur bo'ldi.

"Guliston" klubi bunga qadar oliy ligada to'rt bor ishtirok etgan va uch marta birinchi ligaga tushib ketgandi. 1993 yil jamoa 14-o'rin bilan kuchlilar safidagi o'rnini saqlab qolgan bo'lsa, keyingi mavsumda 16-o'rinni olib ligani tark etgan.

Ma'lum muddatli tanaffusdan so'ng 2000 yil yana oliy ligaga qaytgan "Guliston" o'sha mavsumdayoq birinchi ligani "sog'inib qolgan". Jamoa 2003 yil elitada qatnashib 16-o'rinni olgan va yana quyi ligaga ravona bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, "Guliston" bilan birgalikda G'uzorning "Sho'rtan" klubi ham oliy liga bilan xayrlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia