Grizmann uchun yana bir top-jamoa kurashga qo'shildi
19 mar 2019 20:26
Yangiliklar


Grizmann uchun yana bir top-jamoa kurashga qo'shildi
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmanning xizmatlariga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
AS xabariga ko'ra, Parij jamoasi futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida transfer qilmoqchi. SHu orqali PSJ jamoadan ketmoqchi bo'layotgan Neymar yoki Kilian Mbappening o'rnini bosishi mumkin.
Bu mavsumda 27 yoshli Grizmann "Atletiko" tarkibida 39 o'yinda 18 gol urdi va 8 golga assistentlik qildi. Uning tovon puli 200 million evroga teng.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar