"Grizmann-Saul" ishi amalga oshmasa, "Barselona" "Lill" futbolchisini ijaraga oladi
18 iyu 2021 14:25
Yangiliklar
"Grizmann-Saul" ishi amalga oshmasa, "Barselona" "Lill" futbolchisini ijaraga oladi
"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Agarda "Barselona" va "Atletiko" klublari Antuan Grizmann hamda Saulni almashtirish ishlarini uddalay olmasa, aynan portugaliyalik orqali jamoani kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
"Barselona" aloqaga chiqqan taqdirda Sansheshning agenti Jorje Mendesh ushbu ijara ishlarini olib boradi.
Sanshesh o'tgan mavsumda "Lill" tarkibida Franciya chempioni bo'ldi.
Fikrlar