Grizmann o'z shartnomasini sotib olmoqchi
07 iyu 2019 17:15
Yangiliklar


Grizmann o'z shartnomasini sotib olmoqchi
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann yangi mavsum uchun tayyorgarlikni o'tash uchun klub qarorgohiga borishni istamayapti.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, futbolchi o'z yuristlari orqali klub vakillariga o'zining 120 millionlik tovon pulini o'zi to'lashga tayyorligini bildirgan. SHundan keyin madridliklar bosh murabbiy Diego Simeonening talabiga binoan futbolchini jamoaga qaytarish uchun tovon pulini klubning o'zi to'lashini aytgan.
"Atletiko" ushbu xabarni olganidan keyin Grizmann bir necha kun muddat ichida 120 million evrolik chek bilan rahbariyat oldiga kirishi va o'z shartnomasini o'zi sotib olishi kerak bo'ladi. SHu orqali u "Atletiko"ning mashg'ulotida qatnashish majburiyati yo'qoladi.
Oldinroq Grizmann "Barselona"ga o'tayotgani borasida malumotlar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar