Grizmann: "Mbappe Messi va Ronaldu darajasiga chiqadi"
17 fev 2021 12:30
Yangiliklar


Grizmann: "Mbappe Messi va Ronaldu darajasiga chiqadi"
"Barselona" forvardi Antuan Grizmann PSJ hujumchisi Kilian Mbappening CHL 1/8 final doirasidagi o'yini haqida gapirdi.
Parij klubi "Kamp Nou"da 4:1 hisobida g'alaba qozondi, 22 yoshli franciyalik futbolchi esa 3ta gol urdi.
"Kilian uchun mamnunman. U bo'lajak superyulduz. Mbappe tez orada Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu darajasiga chiqadi. U ajoyib bahs o'tkazdi", - deydi Antuan.
Mbappe joriy mavsum Franciya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Parij va Kataloniya klublari o'rtasidagi javob o'yini 10-martda Parijda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar