Grizmann: "Fevral ajoyib oy bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
10 mar 2018, 11:05
Fevralda LaLiganing eng yaxshi futbolchisi bo'lgan "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann avvalgi oy haqida fikr bildirdi.

"Fevral ajoyib oy bo'ldi. Ko'p gol urdim, barcha uchrashuvlarda g'olib bo'ldik. Endi Ispaniya chempionatida 12ta final qoldi, hammasida zafar quchishga harakat qilamiz, ko'ramiz, qayerda bo'lar ekanmiz.

Keyingi bahs "Selta" bilan. Muxlislar stadionga g'alabamizni va chiroyli futbol ko'rish uchun kelishiga umid qilaman. Har qanday holatda ham 3 ochko olishga harakat qilamiz" - deydi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca