Grizmann Evropa chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purarlar uchligiga kirdi
19 iyu 2021 20:10
Yangiliklar
Grizmann Evropa chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purarlar uchligiga kirdi
Biroz oldin, Evro-2020 2-turi doirasida o'tgan Vengriya – Franciya (1:1) uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.
2-taym o'rtalarida Antuan Grizmann raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu 30 yoshli forvardning musobaqadagi umumiy 7-goli bo'ldi va bu borada angliyalik Alan SHirer bilan tenglashdi.
Ulardan oldinda esa franciyalik Mishel Platini (9 ta) va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (11) bor.
Fikrlar