Grizmann: "Bu bizning tun emasdi, ammo Franciya terma jamoasi bilan faxrlanaman"
11 iyu 2016 11:41
Yangiliklar
Grizmann: "Bu bizning tun emasdi, ammo Franciya terma jamoasi bilan faxrlanaman"
Franciya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Portugaliyadan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo portugaliyalik darvozabon yaxshi o'ynadi. Ularda vaziyatlar ko'p bo'lgani yo'q, raqib qarshi hujumga tayanib o'ynadi. Ular uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda gol urishdi, javob berishga qiynaldik. Juda xafamiz, ammo futbol shunday.
Biz bu mag'lubiyatni tezroq unutib, jahon chempionati saralashiga tayyorlanishimiz kerak. Bu bizning tun emas. Mag'lubiyatga qaramasdan, terma jamoamiz bilan faxrlanaman" - deydi Grizmann.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar