Grizmann beshta o'yindan buyon gol urolmayapti

10 noya 2019, 09:05
“Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann La Liga 13-turi doirasida “Selta” (4:1)ga qarshi bahsda gol kirita olmadi.

U uchrashuvning 73-daqiqasida o'z o'rnini Luis Suaresga bo'shatib berdi.

Grizmann “Barselona” safida qatorasiga 5 o'yindan beri gol urolmayapti. U “Selta”ga qadar YCHL doirasida “Slaviya” ( 2:1, 0:0), La Liga doirasida “Levante” (1:3) va “Valyadolid” (5:1)ga qarshi o'yinlarda ham maydonni golsiz tark etgandi.

Keyingi turda “Barselona” “Leganes”ga qarshi maydonga chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru