Grizmann "Barselona" bilan 5 yillik kelishuvga erishib bo'ldimi?

Aziz Tukhtamuradov
20 may 2018, 20:48
"Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann yaqin vaqtlar ichida "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi.

Ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar futbolchining agenti va opasi Mod Grizmann bilan kelishuvga erishganlar. Unga ko'ra, futbolchi klub bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Maosh esa yiliga 15 million evroni tashkil etadi. Bundan ko'p pulni klubda faqat Leo Messi oladi.

"Barselona" futbolchining shartnomasida belgilab qo'yilgan 100 million dollar tovon pulini to'lab berishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sport.es