So’nggi yangiliklar

19:10Равшан Аҳмедов: "Олимпик"нинг барча жабҳаларда "Локомотив БФК"дан устунлиги кўриниб турди"  0 19:04Сервер Жепаров: "Ўзбекистон кубогида гуруҳдан биринчи ўрин билан чиқиш вазифаси қўйилган"  0 18:55Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Кувайтга қарши таркиби маълум  9 18:52Февзи Давлетов: "Учрашув биз учун осон ўтмади"  0 18:34Ўзбекистон Кубоги. "Олимпик MobiUZ" ва "Локомотив" баҳсида 4 та гол, 2 та қизил карточка кўрсатилди   1 18:30Ўзбекистон кубоги. "Локомотив"да кутилмаган дуранг, "Олимпик"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  3 18:22РПЛ. "Рубин" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлашди, ҳакам Ашурматовга қизил карточка кўрсатди  0 18:07Ўзбекистон Кубоги. "Сурхон" "Чиғатой" билан ўйинда иродали ғалабага эришди  1 18:00Гвардиола "Челси"га қарши ўйиндан аввал Палмерни мақтаб қўйди  0 17:38"Рома"нинг Лукакуни сотиб олишга пули йўқ  3 17:00Ироқ ОТЖ етакчиси: "Ўзбекистон кучли терма жамоа эканлигига шубҳа қилмаймиз, аммо плей-офф ҳақида ўйлашга ҳали эрта"  13 16:36Туркманистон клуби Гиннес рекордини янгилади, бироқ у тан олинмади. Нима учун?  18 16:19"Тоттенхэм" "Арсенал" собиқ ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 15:20"Севинч" ва "Сўғдиёна" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:00РПЛ. "Рубин" - "Локомотив": Ашурматов ўйинни асосий таркибда бошлайди  2

Grizmann, Asensio va Forlanni rad qila oladigan Baskoniyaning qaysar qizi haqida siz bilmagan faktlar (maqola) Yangiliklar

Grizmann, Asensio va Forlanni rad qila oladigan Baskoniyaning qaysar qizi haqida siz bilmagan faktlar (maqola)

Bugun butun dunyo futbolidan o'zgacha xususiyatlari bilan ajralib turadigan, ko'pincha etibordan chetda qoladigan mazkur klub haqida suhbatlashamiz.

«Atletik Bilbao»
Klub o'zining konservativ siyosati bilan mashhur. Unga ko'ra, jamoaga faqat basklarning klub mezonlariga javob bera oladigan o'yinchilarigina qabul qilinadi. Bu jihat eng ko'p tanqidlarga uchraydigan millat mag'rurligi masalasi hisoblanadi.

Klub tizimidagi bu xususiyat 10 yoki 20 yilda shakllanib qolgan emas. Hammasi o'tgan asr avvalidagi notinch yillarga borib taqaladi. Faqat Bask kanterasidan foydalanish XX asr boshlarida Ispaniya tarkibidagi Basklar mamlakatida millatchilik g'oyalarining o'sishi bilan jamoaning mamlakat futbolidagi etakchi mavqeidan kelib chiqdi. Klubning muvaffaqiyatlari basklarga mag'rurlanish uchun zamin yaratdi. Francuz bosqinchilik yillarida bask millatchiligiga qonuniy tus berildi. Klub Bask millatchilari partiyasi (Baskskoy nacionalisticheskoy partiey) bilan birlashgani buning yorqin dalilidir. 1912 yilda jamoani oxirgi chet ellik futbolchilar tark etdi va klubda faqat bask futbolchilarini o'ynatish norasmiy siyosati boshlab berildi.

Vaqtlar o'tib, totalitar tuzum ag'darilgach «Atletik» bu siyosatni o'zgartirishi kutilgan, ammo mazkur siyosat xalq g'ururi va kurashining timsoliga, shu o'rinda sport globallashuvi jarayonidagi eng kata g'ovga aylanib ulgurgandi. «Atletik» - o'zgacha klub. U mana shu o'ziga xoslikni hayot tarziga aylantira olgan klubdir. Klub allaqachon yangi g'oyalar va katta biznes davridagi bir tarixiy bo'lakka aylanib qoldi.

Bunday sharoitda omon qolish oson emas, g'alaba qozonish esa yanada qiyin, ammo «Atletik» mavjud bo'lishning maxsus qoidalarini ishlab chiqdi.



Klubning o'ziga xosligi basklar uchun juda muhim
Bask xalqining kelib chiqishi tarixning ochilmagan sirlaridan biri hisoblanadi.

Agar, siz Real qatorasiga necha yil ECHLni yutgani haqida so'rasangiz, quyidagicha javob olasiz: Bolgariya, Uels, Rossiya aholisi – «tri», inglizlar – three, alban, italyan va shvedlar – «tre».

Ko'ryapsizmi, ularning tillari bir-biriga qanchalik yaqin. Xulosa qilish mumkinki, yuqoridagi xalqlarning barchasi qadimda qo'shnilar hisoblanib, bir tilda so'zlashishgan. Bundan bir necha ming yillar oldin ular mahalliy Evropa aholisini quvib chiqarishgan va hozirgi hududlariga o'rnashishgan. Bu xalqlarning hammasi bir-biriga bevosita bog'liq bo'lib, tarixning turli davrlarida oradagi aloqalar uzoqlashib borgan. Basklar esa bundan mustasno.

Ular va ularning tili (Euskara) o'ziga xosdir. Bir necha yil oldin, shved olimlari DNKni o'rganib, basklar ko'chib kelganlar bilan qo'shilgan mahalliy Iber xalqlarining to'g'ridan to'g'ri avlodlari ekanini isbotladi (Yana bir nazariyaga ko'ra, kavkazliklar bilan qo'shilish natijasi deyiladi. CHunki Euskara va SHimoliy Kavkaz tillari orasida o'xshashlik bor). Bu ko'chmanchilar kelishidan oldinroq sodir bo'lgan. Basklar esa rim-german qabilalari ko'chishidan so'ng omon qolgan Evropaning tub aholisi hisoblanadi.

Ular o'z madaniyatlarini barcha bosqinchilardan himoya qildilar. Basklar na rimliklar, na vestgotlarga bo'ysinishmagan, ular tarixning aksar davrlarida avtonomiyani saqalab, mustaqil hayot kechirganlar. Buyuk Karlning arablar hukmi ostidagi Ispaniyaga qilgan yurishidagi maglubiyati, «Roland haqida qo'shiq» yodingizdami? Aslida, hammasini basklar uyushtirganlar: ular franklarga hujum qilishadi, barchasini o'ldirib, tog'larga yashirinib olishadi.

«Atletik» tamoyillari basklar uchun futboldan ham, undagi kuboklardan ham ustuvorroqdir. So'nggi 35 yil ichida klub bittagina kubok yutdi. Ammo muxlislar uchun bu asosiy unsur emas. El Mundo nashri so'rovnomasida «Atletik» muxlislarining 76 foizi klub tamoyillaridan voz kechgandan ko'ra, La Ligani tark etishni afzal ko'rganlar.

100 yil muqaddam «Atletik» legionerlardan voz kechganida basklar Ispaniyadagi eng yaxshi o'yinchilar edilar (Bu er mamlakatdagi asosiy port shahar bo'lib, inglizlar birinchi navbatda shu erga futbolni olib kelishgan). Ular uzoq vaqt davomida qolganlardan ustun kelishdi. Yillar o'tib raqobat kuchaydi, vaziyat o'zgardi: legionerlarga bo'lgan cheklovning olib tashlanishi «Bilbaoning» ahvolini murakkablashtirdi. SHunday bo'lishiga qaramay, klub hamon Ispaniyaning eng yaxshi 3 klubidan biri hisoblanadi: La Liga 8 marta, kubok 34 marta qo'lga kiritilgan. Ammo shulardan 23 tasi o'tgan asrning birinchi yarmiga to'g'ri keladi. Jamoa bosh murabbiyi Gaiska Garitano shunday degandi: «Biz sovrin va pul uchun emas, libosimiz, oilamiz va do'stlarimiz uchun o'ynaymiz. O'z yondashuvimizdan g'ururlanamiz va top-klublar bilan kurashish qiyin bo'lsa ham, bundan voz kechmaymiz. Jamoadagi yaxshi darajadagi o'yinchilarimizning aksari qarib qolgan, biz jamoani yangilashimiz, akademiyalar bila ko'proq ishlashimiz kerak. SHunda ananalarimizni saqlab qolamiz».



«Atletik» millatchilikdan voz kechdi. Klub etnik xususiyatlarga ega emas
70 yillar oxirida yosh yarim himoyachi Xilberto Asensio ajoyib texnikasi bilan tanildi. U Baskoniyadagi to'p bilan eng yaxshi muomala qiladigan futbolchi edi. Xilberto «Atletik»da o'ynashni orzu qilgan. Ammo u to'la bask emasdi. SHu sababdan jamoaga qabul qilinmagan. Oradan yillar o'tib, 2011 yilda uning o'g'li Marko ham klub falsafasiga to'g'ri kelmagani uchun «Bilbao» libosiga munosib ko'rilmadi. 2017 yilda esa Marko ECHL finalida Turinning «Yuventus» klubi darvozasini ishg'ol qildi.

Markoning otasi shunday degandi: “Mening orzularim amalga oshmaydigan bo'ldi. Ammo bu – «Atletik». Unda o'zgacha yondashuv bor”.

Bu yondashuv bugungi kunda o'zgarishga uchragan. Endi millat emas, madaniyat birligiga qaralmoqda. SHu sababdan ham Marko Asensio, Gonsalo Iguain, Diego Forlan singari futbolchilar rad qilingan. Aslida, ularning tarixiy ildizi basklarga borib taqaladi, ammo madaniyat jihatdan ancha uzoqlar.

Endi «Atletik» Baskoniya mintaqalarida tug'ilgan yoki bolaligini o'tkazgan futbolchilarni qabul qiladi. Avvallari faqat basklardan tanlangan bo'lsa, endi istisnolar ham mavjud. Misol uchun, afrikalik Inyaki Uilyams. Klub millat haqida qayg'urmay qo'ydi. SHunchaki, bask madaniyati bilan uyg'un bo'lish, shahar bilan chambarchas bog'liq bo'lish muhimdir. CHeklovlar murabbiylarga dahl qilmaydi: germaniyalik Yupp Xaynkes, argentinalik Marselo Belsa singari murabbiylarning jamoadagi faoliyatidan xabaringiz bor.


«Atletik» madaniyatimizning tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan. Bilbaodan 60 km radiusdagi barcha tug'ruqxonalar qizil va oq rangga bo'yalgan. Bolalar uchun maxsus klub do'konlari bor. Men shu erda tug'ilganman. Men uchun klubda ishlash hamma narsadan ustun. Bizning bolalar ham shunday o'ylashadi. Biz, hammamiz – bir oilamiz”, - deydi bolalar murabbiyi Jon Solaun.

Klub ananalarini saqlovchi sodiq muxlislarga ega ekan, transfer muzokaralari davomida futbolchilarning salohiyati emas, balki, klub mezonlariga muvoffiqligi ko'rib chiqiladi. Ko'pincha iqtidorlar shu tarzda rad etiladi. Misol uchun, Antuann Grizmann 14 yoshida Baskoniya klubiga qo'shilishi mumkin edi. Klub rahbarlari kelib chiqishi basklarga borib taqaladigan iqtidorli futbolchini mahalliy madaniyat bilan tanish emas, oddiy legionerdan farqi yo'q degan vaj bilan qabul qilishmaydi.

«Atletik» – bu shunchaki klub emas, bu – hissiyot, - deb yozgandi jamoaning sobiq prezidenti Xose Mariya Arrate. – Bizning yondashuvimizda bazan racionalizmni topish qiyin. SHunchaki, yurtimiz o'g'lonlari biz uchun o'ynashlarini xohlaymiz. Biz nafaqat futbolchi, balki, erkaklarni ham tarbiyalaymiz. Kimdir asosiy jamoada debyut qilsa, maqsadimiz ota-bobolarimiz falsafasi bilan naqadar uyg'unligini his qilamiz”.

Bunday sharoitda irqchilik va millatchilik haqida gapirish (so'nggi paytlarda klubga nisbatan shunaqa aybovlar ko'paymoqda) mantiqqa to'g'ri kelmaydi. «Atletik» o'tgan asrda faqat basklar bilan o'ynagan. General Franko avtonom maqomini olib, til va milliy ramzlarni taqiqladi – basklar esa faqat o'zlari o'ynay boshladilar. Bu muvaffaqiyatli chiqdi, «Atletik» bir necha bor chempionlikni tantana qildi. «San-Mames» o'yingohi esa ular Euskara tilida bemalol gaplasha oladigan yagona joy hisoblanardi.
(O'sha paytlarda «Real Sosedad» ham shunaqa keskin siyosat yuritgan. «Atletik» butun Basklar mamlakatidagi iqtidorlarni izlab tarkibga jalb qilsa, ular jamoani faqat o'z provinciyalaridan shakllantirganlar. «RC» bu tamoyildan 1989 yilda voz kechdi. SHunday bo'lsada, 2001 yilgacha ispan futbolchilari jamoaga qabul qilinmagan. )



«Atletik» tejamkor transfer siyosati yuritadi, akademiyalarga sarmoya kiritadi
Gaiska Garitano yoshligida klub bazasining yonida yashardi. U derazadan klub futbolchilarini kuzatardi. Bugun esa «Atletik» futbolchilarini mashq qildirmoqda. Iker Munyain esa Echeberriya bilan birga to'p surishni orzu qilardi. U voyaga etmay turib asosiy jamoaga jalb qilindi va tungi klublarga qatnaydigan odat chiqardi. Ammo soqchilar murabbiyga xabar berish bilan qo'rqitib, yigitchani bu yo'ldan qaytarishdi. Inyaki Uilyams esa har qanday top-klubllar taklifini rad qilib jamoada qolishini elon qildi.
Ularning barchasi «Atletik»ni sayyoramizdagi eng noyob klub deb hisoblashadi – o'zlari to'p surishlari mumkin bo'lgan yagona klub.

«Santyago Bernabeu» o'yingohi har yakshanba kuni muxlislar bilan liq to'ladi, ammo ularning 30 mingi oddiy sayyohlar. Bugun «Real»ni, ertaga «CHelsi»ni qo'llab-quvvatlaydigan o'tkinchilar. Ular klub yoki futbolchilar qiziqtirmaydi. Bizda esa hammaning «Atletik»da o'ynaydigan qo'shnisi bor, sobiq futbolchilar, akademiya bitiruvchilar, jamoa menejerlari kichkina shaharda yashaymiz, hammamiz klubni yaxshi ko'ramiz, - deydi klub muzeyi direktori Assier Aratte.

Bunday siyosat tashqi bozorlarda raqobatbardosh emasligi aniq. Sotish mumkin emas. Ammo «Atletik»ka buning keragi ham yo'q. “Biz biznes loyihasi emas, balki, sport jamoasimiz “, - deydi ular. Jamoa transferlar uchun 121 yillik tarixi davomida «PSJ» klubi Neymarga sarflaganidan ko'ra kamroq pul sarflagan.

Jamoa mablag'i bolalar futboliga, Franciya va Ispaniyadagi 3 millionga yaqin basklar orasidan iqtidorlarni saralab olishga sarflanadi.
La Liga tarixidagi eng yaxshi to'purarlar yigirmataligida to'rt nafar «Bilbao» futbolchisi bor. ( Jamoa afsonasi Telmo Sarradan faqat Messi va Ronaldular ko'proq urgan.)

O'n yoshgacha bo'lgan tarbiyalanuvchilar taktik ko'nikmalarga o'rganib qolmasligi uchun tizimsiz shug'ullantiriladi. Keyin texnikaga, maydonni ko'rish va driblingga etibor qaratiladi. O'quvchilar orasida majburiy mehnat bor: ular echinish xonalari, nazorat uskunalari va pollarni tozalaydilar. (Akademiya tarbiyalanuvchilariga nisbatan qo'pol jazolar ham ishlatiladi.)



«Bitiruvchi birinchi navbatda futbolga emas, hayotga tayyor bo'lishi kerak. Uchinchi jamoamizda 21 nafar futbolchi bor. Ularda 13 nafari universitetga kirishgan. Biz futbolchi emas, yaxshi odamlarni o'stiramiz, bizning yigitlar o'yinda ham, jamiyatda ham hammaga namuna bo'lishi kerak», - deydi jamoa sport direktori Xose Mariya Amorrortu.

Ernesto Valverde shunday degan: “Boshqa klublarda muammoli poziciyangizni to'ldirish uchun ulkan transferbozoriga kirasiz. «Atletik»da esa o'yinchilarga moslashishingiz talab qilinadi. CHunki bilasiz, yangisini toppish oson bo'lmaydi”.

Bunday siyosatning yoqimsiztomonlaridan yana biri boshqa klublar «Atletik»ning oldida boshqa yo'l yo'qligini bilib, kelishuv komissiyasini qisqartirishadi: «PSJ» o'zi bir yil oldin 16 millionga olgan Yuri Berchicheni basklarga 24 millionga sotib yuborganini eslang.

Klub prezidenti Urrutiya shunday deydi: «Agar futbolchilarni izlash uchun katta bozorga ega bo'lsangiz, bu – yaxshi. Ammo bizning g'oyamiz o'zgacha. Biz xalqimiz, shahrimiz bilan kurashamiz va har qanday qiyinchilikka tayyormiz. Bu – bizning kuchimiz. Futbolchilarimiz klub libosini kiyishdan g'ururlanishadi. Bu bizni raqobatbardosh qiladi. Futbolchilarimiz klubda o'rtacha 7-8 yil o'ynashadi. Ular boshqalarga nisbatan sadoqatliroqlar».

***

So'nggi 107 yil ichida juda ko'p noxush voqealar ro'y berdi: jahon urushlari, Franko diktaturasi. Futbol o'zgardi, ammo «Atletik» o'sha qarordan voz kechmadi. Garchi, klub endi champion bo'la olmas, ammo quyi ligada ishtirok etmagan uch jamoada biri bo'lib qolmoqda.

Siz qanday fikrdasiz: Bask madaniyati, ularning tanlagan uslub-u tizimlari sizningcha to'g'rimi?



Ruschadan Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика