Grinvud chorshanba kunigacha qamoqda qoladi. So'roq davom etmoqda
01 fev 2022 22:44
Yangiliklar
Grinvud chorshanba kunigacha qamoqda qoladi. So'roq davom etmoqda
MYU futbolchisi panjara ortida qolmoqda.
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Meyson Grinvud eng kamida chorshanba kunigacha qamoqda qoladi. Zo'rlash va tan jarohatlari etkazishda ayblanayotgan futbolchi so'roq qilinishda davom etmoqda.
"Surishtiruv davom etmoqda. Jabrlanuvchiga kerakli yordamlarni taklif qildik", -deyiladi policiya bayonotida.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchi o'zining qiz do'sti Xarriet Robsonning ayblovlaridan so'ng qamoqqa olingandi. SHundan so'ng "Yunayted" Grinvudni jamoa mashg'ulotlari va o'yinlardan chetlatgandi.
Fikrlar