Grilish: “Biz JCH-2022'ni yutishga qodirmiz”
26 dek 2021 08:15
Yangiliklar
Grilish: “Biz JCH-2022'ni yutishga qodirmiz”
“O'tgan yozda Angliya terma jamoasida o'ynash aql bovar qilmas darajada bo'ldi. Hozir esa ortga qarab, fotosuratlar va videolarni qayta ko'rib chiqmoqdaman hamda bu orqali yoz qanchalik ajoyib o'tganini tushunmoqdaman. Penaltilar seriyasida mag'lub bo'lish juda achinarli, bu tarzda yutqazish eng alamlilaridan biri hisoblanadi.
Albatta, bu yoz hayotimdagi eng yaxshisidir. Mamlakat uchun, futbolchilar va oilimiz uchun juda o'zgacha lahza. Achinarlisi esa oxirigacha eta olmadik, ammo mundial oldidan bu yanada ko'proq motivaciya beradi.
Biz jahon chempionatida (2022 yilgi) g'alaba qozonishga qodirmiz. Bu erda o'tirib, aniq yutamiz demayman. Ammo bizda yaxshi imkoniyatlar bor. Evrodagi ishtirokimiz jahon chempionatida g'alaba qozonishimizga ishonch beradi”, deydi Grilish.
Fikrlar