So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

Grigoriy Kolosovskiy "Dinamo"ga qarshi uchrashuvdan so'ng rahbariyat tomonidan qo'yilgan vazifa, O'rinboevning holati va Bekobodagi maydon haqida keskin fikr bildirdi Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy "Dinamo"ga qarshi uchrashuvdan so'ng rahbariyat tomonidan qo'yilgan vazifa, O'rinboevning holati va Bekobodagi maydon haqida keskin fikr bildirdi

Grigoriy Kolosovskiy Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Metallurg"-"Dinamo" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda kichik ustunlik samarqandliklar tomonida bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa ustunlikni raqibdan tortib oldik. O'zimizning vaziyatlardan foydalana olmadik. Gol bo'lgan vaziyatda ham biz hujumda edik, birga bir vaziyatdan foydalana olmadik va qarshi hujumda o'zimizning xatoimiz sababli gol o'tkazib yubordik. Xatolarni tahlil qilamiz", - dedi Kolosovskiy

- FIFA kunlar munosabati bilan jamoalarda katta tanaffus bo'ladi. SHu vaqt orasida "Metallurg"da nimalarni o'zgartirsa bo'ladi?

- Ishlab ko'ramiz, jamoamiy o'yin ustida ishlaymiz. Vaziyatlarimiz etarli bo'lmoqda, biroq gol ura olmayapmiz. Asosiy muammo shunda. SHu sababli g'alabalar yo'q. Gol urmasdan turib, uchrashuvda g'alaba qozona olmaymiz.

- Zabihillo O'rinboev o'tgan mavsum ajoyib harakat qilayotgandi, biroq keyin jarohat oldi. Hozirda uning ahvoli qanday?

- Hozirda ruhiy tomodan qiyinchiliklarga uchramoqda. U yana jiddiy jarohat olishdan qo'rqmoqda. SHu sababli u hali to'liq tayyor emas. U ko'p hollarda kurashlardan qochmoqda. U oldida harakat qilishi kerak. Biz uni oldinga tashladik, u to'pga egalik qilishi, jarimalar ishlashi lozim. Biroq u ortga qaytib harakat qilmoqda. U hali 100 foizga tayyor emas. Agar ruhiy tomondan to'liq tayyor bo'lsa, biz avvalgi Zabihilloni ko'ramiz. 

- Jamoaga kelganizda rahbariyat tomonidan sizga qanday vazifa qo'ydi?

- Kuchlilar safida o'rnimizni saqlab qolish. Biz buni uddalashimiz kerak. 

- Jamoani Bekobodda o'ynamayotgani ham "Metallurg"ning natijalariga tasir ko'rsatmoqdami?

- Ha bu qattiq tasir ko'rsatmoqda. Biz u erda har kuni mashg'ulot olib boramiz. Bekoboddagi stadion ancha yaxshi holatda, faqatgina suv drenajlari yo'q. Umuman olganda maydon ancha sifatli. Bekoboddagi o'yinlarda 4-5 ming muxlislar tashrif buyurardi. Biz Bekoboddagi muxlislarni futbolsiz qoldirmoqdamiz. Bu erga 100 ga yaqin muxlis kelmoqda. Bu yaxshi emas.

Bekobodagi stadionni borib ko'rishsin, u erda yaxshi maydon bor. To'g'ri ozgina muammoalar bor, lekin hozirda ob-havo yaxshiligini hisobga olsak, u erda bemalol futbol o'ynasa bo'ladi.  Yoshlar jamoasi o'ynamoqdaku. Mantiqan olib qarasak, bizning har bir uchrashuvimiz safar bahsi bo'lmoqda. Har bir turda safar qilamiz. Ortda qolgan 17-turning barchasida mehmonda harakat qildik. Bu nima bilan bog'liq, bilmayman. Boshqa jamoalarning maydonlarini qarang, qanday ahvolda. Hammada bir xil holat, biroq ikki xil standart. Bu nima bilan bog'liq? Bu savol javobini bilgim keladi. 

Hozir drenajni yangilashni boshlasa, "Metallurg" yana bir yil mehmonda harakat qiladi. Biz Olmaliqda o'z uyimizda o'ynagandek harakat qila olmaymiz. Muxlislar qarshisida maydonga tushish ancha yaxshi. Olmaliq neytral maydon hisoblanadi. Bu esa raqiblarning foydasiga ishlaydi. Yana bir bor takidlayman, Bekoboddagi maydon sifati ancha yaxshi. Biz faqatgina muxlislarni futbolsiz qoldirdik. Agar Bekobodda o'ynagamizda biz hozir bu ahvolda bo'lmagan bo'lardik. Bizga har turda mehmonda harakat qilish yoqmayapti.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика