So’nggi yangiliklar

11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  0 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  4 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  5 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  8 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  3 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  39 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  3 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2

Grem Potter "CHelsi"ni "Brayton"ga aylantirdi Yangiliklar

Grem Potter "CHelsi"ni "Brayton"ga aylantirdi

Murabbiy qo'l ostidagi jamoalar statistikasi shuni ko'rrsatmoqda.

Mutaxassis deyarli bir xil natijalar bilan "CHelsi"ni "Brayton"ga aylantirdi. Potter sentyabr oyida "Stemford Brij"dagi jamoa boshqaruvini Tomas Tuxeldan qabul qilib olgandi. U "CHelsi" murabbiyi sifatida qiyin davrni boshdan kechirdi.

47 yoshli murabbiy katta mablag' bilan qurilgan "ko'klar"dan yaxshi natija chiqarishga urinmoqda. Birgina qishki transferlar oynasida London klubi 600 mln funt sarfladi.

Endi statistikalar shuni ko'rsatyaptiki, Grem Potter yangi jamoasida o'tgan mavsumda "Brayton"da qayd etgan natijasi bilan deyarli bir xil natijani takrorladi.

"CHelsi" joriy mavsumda 23 ta o'yindan so'ng Premer-ligada 10-o'rinda bormoqda. Ular 8 ta o'yinda g'alaba qozonishdi, 7 ta o'yin durang bilan tugadi va 8 o'yinda mag'lubiyat qayd etildi. Jami 23 ta gol urib, xuddi shuncha o'tkazib yubordilar. Turnir yakuniga 15 o'yin qolganida "CHelsi" hisobida 31 ochko mavjud.

Taqqoslash uchun, "Brayton" 2021/22 yilgi mavsumda 23 ta o'yindan so'ng 7 ta g'alaba, 12 tadurang va 4 ta mag'lubiyatga uchragandi. 25 ta gol urib, 23 ta o'tkazib yuborgan jamoa bu paytgacha 33 ochko to'plagan edi.

Tuxel ushbu mavsum avvalida "ko'klar"ni 6 ta o'yinda maydonga olib tushdi va 3 ta g'alaba, 1 ta durang va 2 ta mag'lubiyat bilan turnir jadvalining 6-pog'onasini band qilgan edi. 

"Stemford Brij" rahbariyati Grem Potterga ishonch bildirishda davom etmoqda.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика