So’nggi yangiliklar

03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  0 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  14 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  159 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  3 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  13 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  4 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11

Grem Arnold: "Mehmonxonaga qaytib borganimdan so'ng O'zbekiston - Suriya uchrashuvini tomosha qilaman" Yangiliklar

Grem Arnold: "Mehmonxonaga qaytib borganimdan so'ng O'zbekiston - Suriya uchrashuvini tomosha qilaman"

Osiyo Kubogi birinchi turidan o'rin olgan Avstraliya 2:0 Hindiston uchrashuvidan so'ng Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi va bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jekson Irvayn matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- Bugungi  uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Hindiston borini berib o'ynadi. Birinchi bo'limda sal hayajon bo'ldi, sababi katta turnir va biz uzoq davom tayyorgarlik ko'rgandik. Hindiston terma jamoasi ham meni yaxshi manoda hayratga soldi. Ular juda tartibli himoyalanishdi. Ikkinchi bo'limda esa hammasi joyiga tushdi va g'alaba erishdik.

- Uch ochkoni qo'lga kiritdingizlar, ammo jamoada kamchiliklar kuzatildi?

- Ha, muammolarimiz bor. Bugun Hindiston namoyish etgan o'yin bizga ko'p muammo yaratib berdi. Hindistonga qoyil qoldim.

- Jamoangizning o'yinidan qanchalik qoniqdingiz?

- Yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Futbolchilarimiz har xil jamoalarda o'ynashadi va turli xil uslubda. Ularni bir jamoada va bir uslubda jamlash oson vazifa emas, ammo Bahraynga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvi ushbu vazifani bajarishda katta yordam berdi.

- O'zbekiston va Suriya terma jamoasi haqida nima deya olasiz. Ushbu guruhda kim birinchi o'rinni egallaydi sizning fikringizcha?

- Birinchi o'yinni o'tkazib oldik. Hozir mehmonxonaga qaytib dam olishimiz kerak. Bugun kechasi O'zbekiston - Suriya uchrashuvini tomosha qilaman. Men avvalroq takidlaganimdek biz bu erga chempionlik uchun kelganmiz, ammo bir vaqtning o'zida bir nechta raqib haqida o'ylamaymiz. O'yindan o'yinga harakat qilishda davom etamiz.

- Jamoaga taklif etgan yosh futbolchilarning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Men ularni terma jamoaga chaqirdim va ularga ishonaman. Sekin astalik bilan ular ham o'sib borishadi.

- Hindiston terma jamoasi rivojlanishi uchun nima maslahat berasiz?

- Bugun Hindiston men kutgandan yaxshiroq o'yin namoyish etdi. Hindistonda futbolni ommalashtirishda davom etish kerak deya olaman. Hindiston bosh murabbiyining mehnatini juda yuqori baholayman.



Jekson Irvayn

- G'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida nimalar deya olasan?

- O'yin asabiy bo'ldi. Birinchi golni uzoq kutdik. Yigitlar ruhan bunday uchrashuvga tayyor edi. Sabrli bo'ldik va g'alabaga erishdik. Ikkinchi bo'limda barchasini to'g'irladik.

- Hindistonlik muxlislar stadionni to'ldirishdi. Birinchi golni urish qiyin bo'ldimi?

- Muxlislar soni ko'pligi bu ajoyib. O'yin ham shunga yarasha bo'ldi deya olaman. Muxlislar bugun ajoyib atmosfera yaratishdi.

- Birinchi golinga izoh bera olasanmi

- Birinchi bo'limda juda ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ularni ko'kka sovurdik. Gol urgan vaziyatimga keladigan bo'lsak, to'p menga keladi va men zarba berdim. Ushbu gol juda muhim bo'ldi va o'yinda burilish yasadi deya olaman.

- Bugungi uchrashuvdan nima kutayotgan eding va aslida nima sodir bo'ldi?

- Hindiston zich himoyalanishini kutmagan edim.

- Sen top jamoalarda o'ynagansan, bugungi raqiblaring katta jamoalarda o'ynay oladimi? Oradagi farq qanchalik katta?

- Men solishtirishni yoqtirmayman. Hindiston terma jamoasi futbolchilari ham yaxshi o'yin namoyish etishdi. Lekin biz tajribaliroq edik va shu sabab g'alabaga erishdik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика