Granada – Real. Ronaldu faoliyatidagi 700-uchrashuvni o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2014, 19:05
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun faoliyatidagi 700-o'yinda maydonga tushadi.
"Qirollik klubi" 10-turda safarda "Granada"ga qarshi o'ynaydi.

Portugaliyalik futbolchi 13 mavsumdan buyon professional futbol o'ynamoqda, har bir mavsumda o'rtacha 50tadan o'yin o'tkazgan.

699ta o'yinda u 447ta gol urgan. Real safida Ronaldu o'rtacha har bir o'yinda 1,05tadan gol urmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru