"Granada" bosh murabbiyi: "O'zimga yoqmagan kiyimim ham bugun yarashib turgandek bo'lyapti"
22 sen 2019 11:10
Yangiliklar
"Granada" bosh murabbiyi: "O'zimga yoqmagan kiyimim ham bugun yarashib turgandek bo'lyapti"
"Granada" bosh murabbiyi Diego Martines LaLiga doirasida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun o'zimga yoqmaydigan kiyimlarimni kiygandim. O'zimga yoqmagan kiyimim ham bugun yarashib turgandek bo'lyapti. Natijadan faxrlanish kerak, ammo erkalanib ketmasdan, rivojlanaverish lozim. Turnir jadvalida 10 ochko to'pladik. Bugun emas, ertaga buni unutib, keyingi bahsga tayyorlanishda davom etamiz.
Biz ajoyib ishni amalga oshirdik. "Barselona"ning o'yinlarini chuqur taxlil qilsak, ularni mag'lub etish yo'llari topiladi. Izlanaverish kerak", - dedi murabbiy.
Fikrlar