So’nggi yangiliklar

09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  0 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  7 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  5 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  6 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  8 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  11 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0

"Gol"ni mo'jizaga qiyoslagan Ashurmatov asl mo'jizani qo'ldan chiqardi (+SHotaning mardligi) Yangiliklar

"Gol"ni mo'jizaga qiyoslagan Ashurmatov asl mo'jizani qo'ldan chiqardi (+SHotaning mardligi)

Muborakdagi o'yin haqida eshitmagan odam qolmadi. Biz ham uchrashuvdagi asosiy epizodga munosabat bildirishga qaror qildik.

Darvoza chizig'ini kesib o'tmagan "gol" haqida

O'yindan keyin murabbiylar o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi. Baxtiyor Ashurmatovning gaplarini eshitdik. Qo'qonliklar ustozi golni mo'jizaga qiyosladi. Men ham qo'shilaman, o'sha vaziyat mo'jizaviy edi. Lekin, Ashurmatov undan noto'g'ri maqsadda foydalandi...

Uning aytishicha, Xomyakov gol o'tkazishni so'raganida uning gaplariga ishonmagan. Ammo, Ashurmatovda ishonch hosil qilish uchun o'sha vaziyatni qayta ko'rish imkoniyati bor edi. To'g'ri, texnik zonada telefondan foydalanish mumkin emas, lekin "Mashal" tomoni uddalaganini ko'rdik. 

Bu bilan Ashurmatovni ayblash fikridan yiroqman. Buni Xomyakov ham tan oldi. Aytmoqchimanki, futbolda feyr-pley hamma narsadan oldinda bo'lishi kerak. Bugun maydonda aybdor kimdir bo'lsa, u hakam edi. Biroq, Baxtiyor akada ham, "gol" urgan Mo'min Melievda ham, vaziyatni hammadan yaxshiroq ko'rgan va qo'lini ko'tarib referiga ishora qilmoqchi bo'lgan Muhammadanas Hasanovda ham xatoni to'g'rilash imkoniyati bor edi. Yuqorida aytganimdek, imkoniyat mo'jizaviy edi, shunday qilgan kishi qahramonga aylanardi.

Bugun qo'qonliklar 3 ochko yutishdi, ammo g'alaba hech kimga tatimagan bo'lsa kerak. CHunki o'sha vaziyatda gol o'tkazib yuborishganida ham o'yin oxiriga qadar 2-golni urib, g'alaba qozonib ketishardi. Muhimi, yutuq toza bo'lardi. Kimdir 20 yildan keyin mazkur o'yinni eslasa, ularni yaxshi fikr bilan eslashi kafolatlanardi. Ammo, barchasi aksincha bo'ldi (ishonmasangiz, muxlislarning izohlarini o'qib ko'ring)...

Arveladzening mardligi

"Paxtakor"ning sobiq ustozi SHota Arveladze ham faoliyati davomida shunday vaziyatga duch kelgan edi. 2015 yilning 13 mart kuni gruzin boshqarayotgan "Qosimposho" jamoasi "Konyaspor" maydonida mehmon bo'lgan. O'yin davomida Rayan Babel maydonga qulaydi va mezbon futbolchilari niderlandiyalik hamkasblariga yordam ko'rsatilishi uchun to'xtab qolishadi. Biroq, Babelning jamoadoshi Rayan Donk o'yinni davom ettirib, "Konyaspor" darvozasini ishg'ol qiladi. Buni ko'rgan SHota asabiylashib ketadi va shogirdlariga gol o'tkazib yuborish to'g'risida ko'rsatma beradi. 


Arveladzening o'sha harakati barcha tomonidan juda iliq kutib olingan va unga nisbatan hurmat oshgan edi.  Hozir biz ham shunga o'xshash fikrlarni aytib turgan bo'lishimiz mumkin edi...

Hakamlarga bosim ortib ketdi

Alisher Nikimbaevning referilar haqidagi gaplarida jon bor. O'zbekiston futbol associaciyasining korrupciyaga qarshi o'tgan yilning oxirida boshlangan (yakunlamay qolgan) kurashi hakamlarning ishini og'irlashtirib yubordi. CHunki men, siz — hammamiz ishimiz bilan bog'liq ko'plab xatolar qilishimiz va har gal uzr so'rab qutulib ketishimiz mumkin. Ammo, referilarning xato qilishga haqqi yo'q. Ularning eng kichik xatosi ham xiyonatga yo'yiladi. SHu tufayli bugun ularga bo'lgan bosim 2 barobar oshib ketdi. Bu tabiiy ravishda xatolarni ko'paytirmoqda...

"O'zingga o'zing qilding..."

O'sha vaziyat uchun "Mashal" tomonning aybi ham arbitrlarnikidan kam emas. To'g'ri, hakamlar o'yindan oldin darvoza to'rlarini yaxshilab tekshirib ko'rmagan. Lekin, muborakliklar stadionidagi darvozaga kataklarining tomonlari 10 santimetrdan uzunroq bo'lgan to'rlarni kim o'rnatgan? SHunday ekan, "Mashal" vakillari hakamlar jamoasi bilan bir qatorda o'zlaridan ham o'pkalashlari kerak. "Professionallik" degan tushuncha sizga g'alatiroq tuyulishi mumkin, lekin u eng kamida bugungidek sharmandali vaziyatlarning oldini oladi.

Faxriddin RO'ZIEV

Muallifning oldingi maqolalarini o'qish

Muallif :
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика