So’nggi yangiliklar

19:19"Челси" ва "Атлетико" "Атланта Юнайтед" ўйинчисига даъвогар  0 19:15Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив" 0:0 (матнли трансляция)  1 19:00Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» 0:0 (Матнли трансляция)  0 18:43"Манчестер Юнайтед" ва "Атлетико" "Болонья" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  9 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  4 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  2 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  1 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  7 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0

Gollar "yomg'iri": A Seriya 15-tur yakunlari Yangiliklar

Gollar "yomg'iri": A Seriya 15-tur yakunlari

Italiya chempionati 15-turi kutilmagan natijalar va gollarga boy bo'ldi.

"Yuventus", "Inter" va "Milan" g'alaba qozondi, "Napoli" esa... Etiboringizga ortda qolgan tur yakunlariga bag'ishlangan materialni taqdim etamiz.

 

"Yuventus" "Salernitana"dan ustun

Albatta, sshhnggi paytlardagi ishlardan keyin "Salerntina"ga qarshi o'yin "Yuventus" uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Jamoa darhol o'yin tizginini qo'lga oldi, Dibala uzoq masofadan aniq zarba yo'llab, golkiper diqqatini tekshiruvdan o'tkazdi. Kutilmaganda, jarima maydonchasi ichidan yaratilgan dastlabki xavfli vaziyatni "Salernitna" yaratdi, Nvankvoning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi. "Yuventus" esa omadini uzoq masofadan berilgan zarbalardan izlardi. Kulushevski bilan "devor" uslubida o'ynagan Dibala ajoyib tarzda darvoza burchagini nishonga oldi. Ko'p o'tmay "Yuventus" yana gol urdi. Burchak zarbasidan keyin darvozabon Kinning zarbasini qaytardi, ammo Kellini barchadan chaqqonroq harakat qilib, to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Lekin takroriy lavha tomosha qilingach, gol bekor qilindi. 

Ikkinchi bo'lim startida endi "Salernitana" futbolchilarida qulay vaziyat yuzaga keldi. Himoyachilarning xatosidan keyin to'p Corteaga kelib tushdi, ammo u yo'llagan to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. SHundan so'ng o'yin ancha sokinlashdi va Morataning bahsga qo'shilishi tempni oshishiga sabab bo'ldi. Maydonga tushganidan bir necha daqiqa o'tib, Alvaro qanotdan uzatilgan to'pni oyog'ining uchi bilan darvozaga to'g'rilab yubordi. Qo'shib berilgan daqiqalarda "Yuventus" hisobni yirik ko'rinishga olib borib qo'yishi mumkin edi, raqib darvozasi tomon penalti belgilandi. Biroq Paulo Dibalaning nuqtadan bergan zarbasi golga aylanmadi. Natijada, "keksa sinora" qiyin, ammo muhim g'alabani tantana qildi.


"Inter" "Speciya"ga imkon qoldirmadi

"Inter" anchayin qiyin taqvimni boshdan o'tkazmoqda, lekin Indzagida bemalol rotaciya ishlarini amalga oshirishi uchun variantlar ham yo'q hisobi. Birinchi esda qolarli zarbani argentinalik Lautaro amalga oshirdi. Umuman olganda o'yin kurashlarga boy, murosasiz ruhda davom etardi. "Speciya" yaxshi himoyalanar va o'z darvozasi oldida keraksiz vaziyatlar yuzaga kelishiga yo'l bermasdi. "Inter" esa asosan uzoqroqdan zarbalar berardi, biroq Provedel ishonchli harakat qilardi. Biroq "neradzurri" oxiri niyatiga etdi. SHunchaki shedevrga aylanib ketgan hujumda hech kim ortiqcha harakatlar amalga oshirmadi, so'nggi pallada esa Lautaro tovoni bilan to'pni Galyardiniga qoldirdi u esa cho'zib o'tirmay, darvoza burchagini nishonga oldi. Tanaffusga jamoalar durang natija bilan chiqib ketishiga Xandanovich yo'l qo'ymadi. Tajribali posbon Xristovning zarbasidan keyin jamoasi joniga oro kirdi.

Ikkinchi bo'lim boshida Korrea ko'p narsani hal qilib qo'yishi mumkin edi. Ammo uning zarbasidan keyin to'p to'singa tegib qaytdi. "Inter" bosimni davom ettirardi, Provedel esa ajoyib o'yin ko'rsatib, ketma-ket hujumlarni yo'qqa chiqarardi. Malum vaqt o'tgach, aniqrog'i 58-daqiqada "Speciya" darvozasiga penalti belgilandi, to'p oldiga Lautaro yaqinlashdi va golli uzatmaga gol ham qo'shib qo'ydi. Muxlislarni quvontirib, "Inter" ikkinchi goldan keyin ham hujumkorlikni bo'shashtirmadi. CHalxanogluda yaxshi imkoniyat bo'lgandi, ammo uning zarbasidan keyin Provedel qoyilmaqom tashlanish bilan to'pni qaytarib yubordi. Oqibatda, "Inter" ancha ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi, "Speciya" esa bu uchrashuvda hujumdagi passiv o'yini bilan ko'pchilikni xayron qoldirdi. 


"Milan" "Jenoa" darvozasiga javobsiz 3ta gol urdi

Albatta, Andrey SHevchenko uchun bu bellashuv ayniqsa alohida ahamiyatga ega edi. Biroq maydondagi futbolchilar darajasidagi farq tezda bilinib qoldi, 10-daqiqada "Milan" xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'lishdi. To'p oldiga Ibragimovich keldi va qoyilmaqom zarba bilan Siriguga butkul imkon qoldirmadi. "Jenoa" tezkor javob berish ilinjida hujumga tashlandi, ammo "Milan" bu ishni yaxshiroq uddalardi, Dias ajoyib harakatlaridan keiyn zarba yo'lladi, biroz noaniq. Taym so'nggida uning faolligidan keyin Krunich zarba berid, himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi, Messias esa qaytgan to'pga hammadan avval etib bordi va oradagi farqni oshirdi.

Ikkinchi bo'lim boshida "Jenoa" hech bo'lmasa bitta gol urish uchun juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Rovella to'pni ajoyib tarzda uzatdi, Vaskes ham yaxshi zarba berdi, lekin Menyan ham hamkasblaridan qolishmadi va darvoza to'sini ostidan to'pni qaytarib yubordi. Bu vaziyat "Milan"ni o'ziga kelishga majbur qildi va raqibga boshqa bunday imkon qoldirmaslik kerakligini eslatib qo'ydi. Yana bir necha daqiqa o'tib, Dias to'pni qizg'anmadi va Messias dubl rasmiylshatirdi. "Jenoa" o'yin so'nggida shedevr gol urishi mumkin edi, Sturaro raqib posboni Menyan ancha oldinga chiqib ketganini payqadi va maydon markazidan to'pni kiperning ustidan tashlab qo'ymoqchi bo'ldi, biroq Mayk aqlbovar qilmas harakat bilan to'pni bu safar ham qaytarib qoldi. Qatorasiga ikki mag'lubiyatdan keyin "Milan" g'alaba qozonishi o'ta muhim edi, "Jenoa" esa yanvarni kutishda davom etadi.


"Napoli" va "Sassuolo" ishtirokidagi drama

Har ikki jamoa o'tgan tur yaxshi o'yin ko'rsatgani sabab ham bu bellashuv o'zgacha qiziqish bilan kutildi. Raqiblar kurashni "razvedkalarsiz" boshlab yuborishdi va birinchi qulay imkoniyat Zelinskida bo'ldi, ammo polshalikning zarbasiga aniqlik etishmadi. "Sassuolo" ham o'z imkoniyatlariga ega bo'lardi. Berrardi va Ferrari hisoblariga gol yozdirib qo'yishlari mumkin edi, lekin Ospina bunga yo'l qo'ymadi. Sekin-asta o'yin tempi tushib, darvozalar oldida xavfli vaziyatlar yo'qolib bordi. 

Ikkinchi bo'lim avvalida esa Mertensning pressingi oqibatida to'pni egallab olgan Zelinski darhol Ruisni ko'rdi, Fabian esa zargarona zarbasi bilan darvoza burchagini nishonga oldi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, "Napoli" yana gol urdi. Zelinski qanotdan Mertensni olg'a boshladi, u esa birinchi urinishda to'pni o'nglab, ikkinchisi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Bir qarashda o'yin taqdiri hal bo'lgandek edi. "Sassuolo" esa bunday fikrda emas va taslim bo'lish haqida o'ylamasdi. To'pga ko'proq egalik qila boshlagan mezbonlar oradagi farqni qisqartirishga erishdi. Skamakka jarima maydonida kerakli nuqtada, kerakli vaqtda paydo bo'ldi va kuchli zarba bilan gol urdi. Biroq bu gol futbolchilarni "uyg'otib" yuborish o'rniga, aksincha, tempning juda tushib ketishiga sabab bo'ldi. O'yindagi oxirgi gol ham standart vaziyatdan keyin urildi. 89-daqiqada Berrardining uzatmasidan keyin Ferrari hammadan baland sakrab, hisobni tenglashtirdi. O'yinning so'nggi daqiqasida Defrel hattoki Ospina darvozasiga uchinchi golni ham urgandi, lekin takroriy lavhadan keyin gol inobatga olinmadi. Umuman olganda "Sassuolo" durangdan ham xursand bo'lishi to'g'riroq, "Napoli" esa nega 3 ochkoni boy bergani haqida o'ylashiga to'g'ri keladi.


"Lacio" - "Udineze": "SHou"ni ko'rganlar darmonda, ko'rmaganlar armonda... 

"Lacio" futbolchilari "Napoli"ga qarshi o'yindan keyin ilk daqiqalardanoq hujumga tashlanib, jamoaning nimalarga qodir ekanligi va bugungi kunda ajoyib sport formasidaligini isbotlab qo'yishni niyat qilishgandi. Biroq bu faollik qimmatga tushdi. Foydalanilmagan ikki vaziyatdan keyin "burgutlar" raqibning qarshi hujumini o'tkazib yuborishdi. Yayaloning uzatmasidan keyin yolg'iz qolib ketgan Beto boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. "Lacio" hisobni tenglashtirishga urinardi, lekin buni uddalash oson emasdi. Natjida, yana bir qarshi hujum o'tkazib yuborildi. Beto maydon markazidan darvozabon bilan "uchrashuvga" qochib ketdi, Reynani ham aldab, to'pni bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi. Deyarli keyingi hujumdayoq "Lacio" gol urishni bilishini isbotlab qo'ydi. CHiro Immobile jarima maydonchasidagi vaziyatdan unumli foydlanib ketdi. Goldan ruhlangan "Lacio" vakillari raqibga qochishga joy qoldirmaydigandek tuyulardi, ammo Delofeu yana qarshi hujumga qochib ketib, to'pni Molinaga aniq etkazdi, ikkinchi tempda hujumni qo'llash uchun etib kelgan tajribali futbolchi zarbada adashmadi.

Tanaffusda Sarri keakrli so'zlarni topa oldi chog'i "Lacio" umuman boshqacha futbol namoyish qila boshladi. Navbatdagi hujum davomida rikoshetlardan keiyn to'p Pedroga kelib tushdi, ispaniyalik esa ehtiyotkor zarbasi bilan oradagi farqni qisqartirdi. Yana bir necha daqiqa o'tib, "burgutlar" pressingi ish berdi, Milinkovich-Savich aylanma zarba bilan muvozanatni tikladi. Bu "Lacio"ga ko'tarinki ruh bag'ishladi, hujumlar yomg'irini tindirmas va g'alaba uchun harakat qilardi. Bunga 57-daqiqada himoyachi Patrik Gabarronning qizil kartochka olishi ham to'sqinlik qila olmadi. 79-daqiqada esa Bashich uzatgan to'pni Acherbi baland sakrab darvozaga yo'lladi. ko'pchilik "Lacio" irodali g'alabani tantana qiladi deb turganida, asosiy vaqtga qo'shib berilgan 9-daqiqada Tolgay Arslan to'pni yana Reyna qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi va "Udineze"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика