Gollandiyada hakam gol urdi va buni hisobga oldi
27 may 2019 16:39
Yangiliklar


Gollandiyada hakam gol urdi va buni hisobga oldi
"Xarkemase Boyz" va "Xoek" o'rtasidagi Gollandiya chempionatining to'rtinchi divizion uchrashuvida qiziqarli vaziyat sodir bo'ldi.
Uchrashuv bosh hakami bahsdagi gollarning birida ishtirok etdi.
Hujumlarning birida "Xoek" futbolchisi to'pni raqib jarima maydonchasiga tashladi va "Xarkemase Boyz" himoyachisi to'pni qaytardi. Qaytgan to'p bosh hakamga tegib, darvozaga kirib ketdi. Referi esa golni hisobga oldi. SHunga qaramay "Xarkemase Boyz" bahsda g'alabaga (4:2) erishdi.
TAS-IX
TAS-IX emas
"Xarkemase Boyz" Gollandiya chempionatida 6-o'rinni egalladi, "Xoek" esa 4-o'rinni. SHunday qilib, "Xoek" 2-4 o'rinni egallagan jamoalar o'rtasida uchinchi divizionga chiqish o'yinlarida ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar