Gollandiya Qirollik futbol ittifoqi Xiddinkdan tushuntirish kutmoqda
15 okt 2014 17:16
Yangiliklar


Gollandiya Qirollik futbol ittifoqi Xiddinkdan tushuntirish kutmoqda
Gollandiya Qirollik futbol ittifoqi milliy jamoa bosh murabbiyi Gus Xiddinkdan terma jamoaning so'nggi omadsizliklari uchun tushuntirish kutyapti.
Xabarlarga ko'ra, "Anji" sobiq murabbiyi jamoa nega CHexiya (1:2) va Islandiyaga (0:2) mag'lub bo'lgani haqida mahsus hisobot tayyorlashi kerak.
"CHexiyadan uchralgan mag'lubiyatni bir amallab tushunsa bo'ladi, ammo keyingi omadsizlikchi. Biz mag'lubiyatlar sababini tahlil qilishimiz kerak" - deydi Qirollik futbol ittifoqi prezidenti Bert van Ostven.

Fikrlar