G'oliblar munosib taqdirlanishdi
16 okt 2016 18:22
Yangiliklar
G'oliblar munosib taqdirlanishdi
Kuni Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida “Neftchi” hamda “Paxtakor” jamoalari o'zaro raqobat olib borishdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlanganidan so'ng Buxoroda jismoniy tarbiya jamoalari, Ikkinchi Liga klublari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kubogi sohiblari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi bahslarida zafar quchgan “Istiqlol” jamoasi shuningdek yaqindagina 2003 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi Respublika chempionatida g'olib bo'lgan Farg'ona terma jamoasi vakillari keng jamoatchilik diqqat markazida taqdirlanishdi.
Ularga Farg'ona viloyati hokimligi tomonidan tayyorlangan esdalik va qimmatbahor sovg'alar topshirildi. Stadionga yig'ilgan muxlislar esa olqishlar ila yosh futbolchilarni ushbu muvaffaqiyatlari bilan qizg'in qutlashdi.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar