So’nggi yangiliklar

02:47Йўқ, бу амалга ошмади: ота-ўғил Янглар бир-бирига қарши ўйнамади  0 01:58Испания Суперкубоги финалида "Эл Класико" кўрамиз!  15 01:52Эксклюзив: "Манчестер Сити" "Ланс"га расмий таклиф билан чиқди, Ҳусановнинг нархи янада ошди  38 01:26Неймар "Ал Ҳилол"га қимматга тушди  6 01:00Расман: Амад Диалло шартномани узайтирди  1 00:35Улар яна бирга бўлишади: Каземиро Саудия томон йўл олмоқда  3 00:12Роналду фаолиятидаги 917-голини урган ўйинда "Ал Насср" иродали ғалаба қайд этди  4 23:58Англия Кубоги: "Эвертон" - "Питерборо" ўйинида ота ва ўғил бир-бирига қарши ўйнайдими?  1 23:27Расман: АПЛ клуби ўйин куни бош мураббийни истеъфога чиқарди  0 23:13"Бухоро" мавсумни қайси стадионда бошлаши аниқ бўлди  4 23:06Испания Суперкубоги. "Реал" - "Мальорка" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 22:50"Барселона": Шкафлар сотилади  19 22:33"Астон Вилла" 150 йиллик юбилейига атаб либос тақдим қилди  0 22:09Ўзбекистон аёллар терма жамоаси футзалда Хитойдан устун келди  2 21:50"Милан"нинг қишки трансферлар ойнаси вақтидаги асосий мақсади ким бўлади?  1

G'olib nomi "lotoreya" orqali aniqlansa chakki bo'lmasdi... Yangiliklar

G'olib nomi "lotoreya" orqali aniqlansa chakki bo'lmasdi...

O'zbekiston Kubogi finali Samarqand shahrida o'tayotganidan ko'pchilik mahalliy ishqibozlarning kayfiyatlari chog'.


Bugun erta tongda "Afrosiyob" poezdi bilan Samarqand shahriga yo'lga otlandim. Toshkentdan 07:00da qo'zg'algan poezd soat 09:09da Samarqand vokzaliga etib keldi. Final oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani 10:30 belgilangandi. SHu bois vokzaldan to'g'ri "Dinamo" stadioniga qarab yo'lga tushdim. Yo'l-yo'lakay taksichi amaki bilan gurung qizidi. Sababi, amaki futbolga juda qiziqarkanlar va tabiiyki o'zbek futbolidan gap ochib qoldilar.

O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada omadi chopmagani va o'yindan keyin uylaridan besh kuncha chiqmaganliklarini so'zlab berdilar. Futbolda omad juda muhim va kerakli narsa deb alohida qo'shimcha qildilar. Final garchi noqulay vaqtda boshlanayotganiga qaramasdan o'yinga tushishlarini takidladilar. Kimga muxlislik qilasiz, degan savolimga esa: "Albatta "Lokomotiv"gada!", deya javob berdilar. O'tgan yilgi finalda jizzaxlik ko'pchilik ishqibozlar "Nasaf"ni qo'llagandi. Ertaga esa Samarqand aholisining bir qismi "Lokomotiv"ni qo'llab-quvvatlashi kutilmoqda.


Matbuot anjumanida dastlab "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va darvozabon Eldorbek Suyunov ishtirok etishdi. To'g'risi, finaldan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida mahalliy jurnalistlardan faqatgina ikkita OAV xodimi kelgani odamni ajablantirdi. Qolgani esa PFL matbuot xizmati va ikkita klub matbuot xizmati vakillari edi. Ro'ziqul Berdiev o'z so'zida O'zbekiston kubogini o'zlarida saqlab qolishni istayotganliklarini va "Nasaf" har qanday raqib bilan o'ynay olishini isbotlaganini takidladi. SHuningdek, "Nasaf" hech bir futbolchiga bog'lanib qolmagani va jamoada 20ga yaqin futbolchi borligiga alohida urg'u berildi. Berdievning aytishicha, finalga ularning o'ylab qo'ygan o'z rejasi bor.

Anjumanning ikkinchi qismida Andrey Miklyaev bilan Oleg Zoteev qatnashishdi. Ular kubokni Samarqanddan Toshkentga olib qaytish uchungina kelishganini yashirishmadi. Miklyaev "Loko" penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rmaganliklarini va buni atayin qilishganini aytib o'tdi. Ular ishni "lotoreya"ga qadar cho'zishmoqchi emas. Miklyaev va Zoteev jurnalistlar savollariga ancha tetik va aniqlik bilan javob berishdi. O'zbekiston chempionatining amaldagi chempioni yuqori ishonch bilan gapirayotganliklarini sezish qiyin emasdi.

"Lokomotiv" va "Nasaf" jamoalari shundan keyin navbati bilan final oldidan rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi. Unga qadar stadion mamuriyati maydonni qordan tozalash ishlarini yakunlagandi. "Lokomotiv" futbolchilaridan Nemanya Yanichich va Bobur Yo'ldoshev yakka tartibda shug'ullanishdi. Bu ikki himoyachi butun mashg'ulotni engil yugurish bilan o'tkazishdi. "Nasaf"da esa barcha futbolchilar umumiy guruh bilan to'liq mashg'ulotlarda qatnashdi.

Ha aytgancha, Samarqand shahri finalga yaxshi darajada tayyorgarlik ko'rgan. Stadion atrofida yangi reklama shitlari qilingan. SHuningdek, o'yindan keyin taqdirlash marosimi uchun yangi podiumlar yasatilgan. Stadion kassalarida chiptalar sotilishi davom etayotgandi. O'yinga bo'lgan qiziqish yaxshi. Ertaga anshlag bo'lishi haqida hozircha aniq bir fikr bildirish qiyin. Qarshidan ham ko'p minglab ishqibozlar ertaga Samarqandga tashrif buyurishlari aniq. Stadion o'z bag'riga 13800 ishqibozni sig'dira oladi. Taxminan ertaga stadionning 70% muxlislar bilan to'lishi deyarli aniq. Balki havo yaxshi bo'lsa tribunalarda bo'sh o'rindiqlar qolmasligi ham mumkin. SHunday bo'lgani durust albatta.


Joriy mavsumda "Nasaf" chempionatdagi ikkala o'yinda ham "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berdi. Bu klub tarixida ilk marotaba yuz berishi. "Lokomotiv" final oldidan "Nasaf"ga qaraganda jismoniy taraflama ancha toliqqan. Jamoa O'zbekiston chempionati, O'zbekiston kubogi va OCHLda ancha kuch yo'qotdi. Kamiga "Bunyodkor"ga qarshi yarim final o'yinlarini "temiryo'lchilar" ancha kech o'tkazishdi. Finalda "Lokomotiv"ga Server Jeparov ko'maklasha olmaydi. "Nasaf"da esa Ilhom SHomurodov va Dilshod Rahmatullaevdan tashqari barcha safda. Bu ikki futbolchi jarohat olganiga ancha ko'p muddat bo'ldi va "Nasaf" ikkinchi davrani ularsiz muvaffaqiyatli o'tkazdi. SHu boisdan bu yo'qotishlar "Nasaf"ga muammo tug'dirmasa ham kerak. Kamiga Ro'ziqul Berdiev yo'qotishlar haqida gapirarkan, bu ikki futbolchi haqida eslagani ham yo'q va barcha futbolchilar to'liq safda ekanligini takidladi.

Finalda har doim ikkala jamoalarning imkoniyatlari teng bo'lib kelgan. "Lokomotiv"ning ustunlik jihati bu futbolchilarning katta tajribasi, mahorati. Mirko Yelichichi taktik taraflama ham ancha aqlli va ayyor murabbiy ekanligini ushbu mavsumda ichki chempionatda ko'p marotaba isbotladi. "Nasaf"ning ustunlik tomoni shundaki, bu birinchidan raqib jismoniy taraflama ancha toliqqan. SHuningdek, "Nasaf" ertangi o'yinda katta ehtimol bilan 12-futbolchilari, yani muxlislariga tayanishi mumkin. Aniqrog'i, Samarqandda ham "Nasaf" o'zini o'tgan yili Jizzaxda bo'lgani kabi mezbondek his etishi mumkin. Berdiev aytib o'tgan reja qanday ekanligini ertangi bahsda ko'ramiz. Hozircha ushbu reja katta ehtimol bilan "avtobus" orqali amalga oshishi mumkinligini taxmin qila olaman.


Nima bo'lgan taqdirda ham ertaga qaysidir jamoa o'z tarixidagi ikkinchi kubokni o'zi bilan uyiga olib ketadi.

Finalda penaltilar seriyasi ko'rishni va g'olib nomi aynan "lotoreya" orqali aniqlanishini istaydigan ko'plab ishqibozlar topilishiga ishonaman.

Ertaga o'yin shu scenariy ostida o'tsa chakki bo'lmasdi, a?


SHahboz Beg'amov

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика