So’nggi yangiliklar

07:51«Манчестер Сити» яна бир ёш марказий ҳимоячисига расмий таклиф юборди  1 02:44Бундеслига. "Байер" "Боруссия"ни "Сигнал Идуна Парк"да мағлуб қилди  2 01:59HERE WE GO! Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтади!  51 01:00"Барселона" Рэшфордга "совчи қўймоқчи"  6 00:36Леау қандай шахсий ва жамоавий совринларни ютишни исташини айтди  0 00:15"Ювентус" футболчисини Манчестер жамоаларига таклиф қилди  2 23:52Аморим Майну ҳақида: "Энг яхшиларни сақлаб қолишимиз керак, бироқ ҳолатни унутмайлик"  0 23:40Бундеслига. "Боруссия" Д - "Байер". Асосий таркиблар маълум!  0 23:09Расман: "Шўртан" Осиё чемпионини сафига қўшиб олди  6 22:45"Валенсия" ЛаЛигага норозилик билдирди  10 22:13Хвича Францияда ўйнашни истамоқда, бироқ бир муаммо бор  2 21:46Нойер қайтмоқда  4 21:19Маскерано Неймар "Интер Майами"га ўтмаслиги сабабини айтди  0 20:55БАА. "Ал Батаеҳ" ғалаба қозонди, Ғаниев ўйиннинг энг яхшиси бўлди  8 20:18Рубен Аморим: "Ўйинимиз ва имижимизни яхшилашни, ғалабаларни истайман"  7

G'olib ikkinchi o'ringa chiqib oladi. "Barselona" ECHL finalchisiga qarshi kuch sinashadi Yangiliklar

G'olib ikkinchi o'ringa chiqib oladi. "Barselona" ECHL finalchisiga qarshi kuch sinashadi

Flik ona yurtiga qaytmoqda.

Jadval nuqtai nazaridan olsak, kunning markaziy uchrashuvi aynan Dortmundda mezbon "Borussiya" va "Barselona" o'rtasida bo'ladi. 


Kataloniyaliklar "Liverpul"ni quvishda davom etmoqda

Flik shogirdlari Dortmundda mehmon bo'lishadi. U erda esa ularni CHempionlar Ligasi finalchisi kutmoqda. "Real"ga imkoniyatni boy bergan "Borussiya" bosh murabbiyini alishtirdi va endi jamoani SHaxin oldinga boshlamoqda. Nemislar evrokuboklarda istalgan grand uchun xavfli raqibligicha qolmoqda. Hozirning o'zida dortmundliklar "Barselona" singari 12 ochko to'plab bo'lishdi. Kataloniyaliklar istalgan hisobdagi g'alabani qo'lga kiritsa, ikkinchi o'ringa ko'tarilib oladi. CHunki kuchli sakkizlikning barcha qolgan jamoalari kecha o'ynab bo'lishdi.

Durang ham qoniqarli natija bo'ladi, ammo unda qator klublar bilan ikkinchi o'rinni bo'lishishga to'g'ri keladi. Misol uchun sensaciyalarda davom etayotgan "Brest" bilan. "Arsenal", "Monako" va "Bavariya" ham unchalik ortda qolib ketmagan. Hisobida o'n ochkosi bor jamoalar ham kam emas. "Barselona" durangga qanoat qilmasa ajabmas, ular pley-off masalasini imkon qadar tezroq hal qilishga urinishadi, musobaqaning yangi formatini hisobga olsa, motivaciya yanada kuchayadi.

Birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar pley-offda ustunlikka ega bo'ladi. Birinchidan, ular finalgacha o'zaro to'qnash kelmasligi kafolatlanadi. Ikkinchidan, jadvalda qanchalik yuqori joylashsangiz, raqibingiz shunchalik kuchsiz bo'ladi. "Real" va PSJning omadsiz starti biroz chalkashliklarga sabab bo'lgandir, lekin u ko'proq o'tish bosqichida kuchsizroq raqib mo'ljallaganlarga taalluqli. "Barselona" birdaniga 1/8 finalga chiqishi zarur.

Xavi davridayoq ko'ringandiki, pley-off bahslarida "Barsa" o'zini qulay his qilmaydi. "Monako"dan uchralgan mag'ulbiyat, jamoani sergak tortishga majbur qiladigan tarsakidek bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmas. La Ligadagi oxirgi uchrashuvlarda ham jamoaga stabillik etishmayapti – so'nggi 5 ta turda 1 ta g'alaba. Kam emas, ko'p emas 10 ochko yo'qotildi va endi "Real" zaxiradagi o'yinida "Valensiya"ni taslim qila olsa, azaliy raqibini quvib o'tadi. Flik ham aynan stabillik etishmayotganidan jiddiy tashvishda. Uzoq davom etadigan chempionatda Anchelotti va Simeonega qarshi bu kabi sovg'alar beraversa, chempionlikni o'ylamasa ham bo'ladi.

CHempionlar Ligasida "Barselona"ga har bir g'alaba muhim. Qolgan hamma jihatlardan tashqari, muhim bir faktor — bu pullar. TOP-8ga kira olgan klublarga qo'shimcha 11 million evro mukofot puli beriladi. Deyarli 19 million evro umumiy bosqichdagi ishtirok uchun ishlab olindi. Har bir g'alaba — 2.1 million evro. Biroq uchrashuvda durang qayd etilsa, har ikki klub 700 mingdan oladi xolos. Yana shuncha pul musobaqa byudjetiga borib tushadi. Umumiy bosqichdan so'ng, eng yaxshi jamoalar millionlab evrolarni bo'lishib olishadi.


SHaxin "Borussiya"siga grand ustidan qozonilgan g'alaba zarur

"Arilar" mavsumning eng tushunarsiz jamoalaridan biri, desak mubolag'a bo'lmaydi. Start yomon bo'lmadi, ammo keyin "SHtutgart"ga 1:5 hisobida imkoniyat boy berildi, malum vaqt o'tib, tajribali Rojers boshchiligidagi "Seltik"ni 7:1 hisobida mag'lub etildi. "Borussiya" vaziyatni boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Yosh, hali tajribasiz SHaxin 3 ta mag'lubiyatli seriya alamini ham totib ko'rishga ulgurdi. Dortmund jamoasi deyarli har o'yinda nimadir ko'rsatishga muvaffaq bo'lmoqda, biroq himoyadagi xatolar ham etarlicha. Oxirgi bahslarda "Bavariya" va Menxengladbaxning "Borussiya"si bilan 1:1 hisobidagi duranglar qayd etildi.


Jamoaga ruhiy trampolin kerak va uni "Barselona" singari nomdor raqibga qarshi bahsda topish bir muncha osondek. Flikning "fishkasi"ni sal-pal futbol ko'radigan muxlis ham bilib ulgurgan – himoya chizig'i ancha yuqori chiqib, harakat qiladi. Vazifa oddiy — ofsaydga tushmaslik. SHunda Penya darvozasi tomon yo'l ochiladi. Faqat bu ish qog'ozda, gapda oson, amalda hammaning ham qo'lidan kelmayapti. Flik jarohatlar epidemiyasi yoki diskvalifikaciyalardan deyarli azob chekmayapti, Dortmundda hamk ko'plab etakchilar maydonga tusha oladi, ammo noyabrning so'nggi kunida "Las-Palmas" ham "Barsa"ni mag'lubiyatga uchratishni uddaladi. Tabiiyki, "Borussiya" ham imkon topishi bilan omadini raqib darvozasi yaqinidan izlaydi.

Bu vaziyatda neytral muxlis uchun bitta yomon tomoni, har ikki klub hozirgi vaziyatda durangni "mag'lubiyatdan yaxshiroq natija" sifatida qabul qilishi mumkinligi. Biroq har ikki klubning ehtirosga berilishini inobatga olsak, kim g'alaba qozonishini ishonch bilan takidlash mushkul. To'g'ri, obektiv qaralsa, "Barselona" kuchliroq, lekin "Borussiya" foydasiga ham faktlar topish mumkin. Ulardan biri stadionda o'zgacha atmosfera yaratadigan "sariq fanatlar". SHunday ekan, Rafinya, Yamal va Levandovskiga oson bo'lmasligi aniq.

"Borussiya"ning himoya chizig'i qanday harakat qilishi ham qiziq. Kataloniyaliklar pleymeykeri Olmoga erkin harakat qilishga imkon qoldirmaslik zarur. Axir Dani "Leypcig" safida 5 yil davomida to'p tepgan va Dortmund klubi qanday harakat qilishi borasida tasavvurga ega. Bu borada Levandovskini ham unutmaslik zarur. Robert ko'plab gollar urgan qadrdon stadioniga qaytadi. Bugun "arilar"ning ishongan hujumchisi esa Girassi. Gvineyalik SHaxinning ishonchini oqlamoqda, ECHL bahslarida u 4 ta gol urdi va 2 assist qayd etdi. Adeyemi va Gittens ham unga yaqindan yordam berishmoqda.




Istalgan raqibga tik qaray olish - chinakam top jamoa hislati

Nuri SHaxin bu bahsda favorit yo'qligi va "Borussiya" "Barselona" bilan bir xil darajada o'ynayotganini takidladi. Eslatib o'tamiz, "arilar" ustozi 36 yoshda va u Levandovski bilan tengdosh. "Real"ning sobiq xavbeki doimo cho'rtkesarligi bilan ajralib turadi. SHu sababli, u kataloniyaliklar ustidan g'alabaga bu qadar ishonishi kishini ajablantirmayapti. Ustiga-ustak, Flikning avvalgi raqiblari SHaxinga yo'l ko'rsatib berishdi. "Barselona" himoyasida kamchiliklar hali ko'p. Hattoki Kubarsi singari istedodlar ham qo'pol xatolarga yo'l qo'ymoqda.

Franciyalik qanotda Dani Alves singari tinmay ter to'kkandan, himoya markazini xush ko'rishini aytgan bo'lsa ham. Jyul Kunde o'ng qanotda hujumlarga faol qo'shilmoqda va doim ham himoyada ishonchli o'yin namoyish etmayapti. Flik tarkibga Kasado qaytganidan mamnun, lekin Pedri bilan birgalikda birinchi pas berishda usta bo'lgan ikki iqtidor markazda ko'p bo'sh zonalar qoldirishgandi. Olmo, Yamal va Rafinya doim ham pressingda foydali harakat qilishmaydi. Levandovski emas istalgan forvard singari har bitta vaziyatdan gol ura olmaydi.

Lekin SHaxin xato qilmoqda, Dortmunddagi o'yinda favorit bor. SHunga qaramay, u aytganidek g'alaba "Borussiya"ga ham nasib qilishi mumkin. Gollarga boy bo'lgan durang ehtimoli ham ancha yuqori. ECHL finaliga chiqqan "Borussiya" futbolchilariga kattagina tajriba bergani turgan gap. To'g'ri, "Real"ga qarshi hal qiluvchi bahsning hammma ham ishtirokchisi bugun maydonga tusha olmas, lekin mahorat va ishtiyoq nemislarda raqibdan kam emasligi aniq.

Har ikki jamoa hujum qilishni, gollar urishni xush ko'radi. SHunday ekan, "Real" bilan bo'lgani kabi zarbalar almashinuviga guvoh bo'lishimiz ham, o'ta pragmatik o'yin guvohi bo'lishimiz ham mumkin. Sababi "Barselona" gol o'tkazishdan zerikkani aniq. Kataloniyaliklar oxirgi sakkiz o'yinda faqat 1 marta gol o'tkazmadi. Hujumdagi to'rtlikka umuman savollar qolmagan o'yinda ham, himoyachilarga etiroz topilyapti. Takidlash lozim, tajribali Kristensen va Arauxo jarohatlardan keyin hali 100%ga tayyor emas. "Barselona"ga gol ursa bo'ladi.

"Borussiya" ham stabillik borasida maqtana olmaydi. Qo'shimchasiga, kataloniyaliklardan farqli ravishda "Borussiya" Bundesligada etakchilik uyoqda tursin, kuchli beshtalikda ham yo'q. Lekin qiziq tomoni, "arilar" bundan yomon o'yin ko'rsatib bo'lmaydi, degan vaziyatdan bir oy o'tib, istalgan murakkab raqibni "mehmon" qilishlari mumkin. O'ziga xos jamoa va buni Flik yaxshi biladi. Xansining "Borussiya"ga qarshi statistikasi hozircha 5/5. Yuz foizlik natija, ammo bugun yangi to'qnashuv, yangi imtihon. Uxlab qolmang, bizni qiziqarli o'yin kutmoqda!


Borussia Dortmund

Serhou Guirassy - 60', Serhou Guirassy - 78'

Champions League . 6-tur

12/12/2024, 01:00

3
:
2
Tugadi

Barcelona

Raphinha - 53', Ferran Torres - 75', Ferran Torres - 85'

Stadion: Signal Iduna Park, 81365 tomoshabin

Bosh hakam: Francois Letexier

45'
90'
42'  Marcel Sabitzer
46'  Julian Ryerson (Yan Couto)
51'  Felix Nmecha
57'  Yan Couto
60'  Serhou Guirassy
61'  Ramy Bensebaini
73'  Julien Duranville (Donyell Malen)
73'  Giovanni Reyna (Pascal Gross)
78'  Serhou Guirassy
78'  Pascal Gross
53'  Raphinha
53'  Dani Olmo
58'  Pau Cubarsi
71'  Robert Lewandowski (Ferran Torres)
71'  Raphinha (Frenkie de Jong)
71'  Dani Olmo (Fermin Lopez)
75'  Ferran Torres
75'  Fermin Lopez
85'  Ferran Torres
85'  Lamine Yamal
90'  Lamine Yamal (Pau Victor)
90'  Ferran Torres
90'  Pedri (Eric Garcia)

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
11 dek 20:57:07
АПЛ
Umid Nortojiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Borussiya Dortmund va Barselona oyini qachon va soat nechida bolib o'tadi yozinglar
Бугун кечаси 01:00да бу'лади.
   
12 dek 09:15:10
Spectr_515_
NurikTottenhem foydalanuvchining fikriga javob berish
Nma deyabsiz oynab boldiyu, kecha Borussiya yutdi 5-1ga
Yogʻe ????
   
11 dek 22:48:57
Bavariya champion
Yevropada ikkita qorqinchli atmosferaga ega ikki stadion bor Biri Enfild ikkinchisi Signal iduna park(shaxsiy fikr) kuchkli yutadi albatta
   
11 dek 22:24:22
Oybek Haydarov
Барса ютказади
   
11 dek 21:34:14
Muhammadali Sirojiddinov
Borussiya yutadi Barsani koʻrasila
   
11 dek 20:11:16
NurikTottenhem
Spectr_515_ foydalanuvchining fikriga javob berish
Ertaga abeddan keyin shu 4-5 lar atrofida boʻladi
Nma deyabsiz oynab boldiyu, kecha Borussiya yutdi 5-1ga
   
11 dek 19:36:45
Uktambek1101
Spectr_515_ foydalanuvchining fikriga javob berish
Ertaga abeddan keyin shu 4-5 lar atrofida boʻladi
????????????
   
11 dek 19:35:54
Spectr_515_
Umid Nortojiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Borussiya Dortmund va Barselona oyini qachon va soat nechida bolib o'tadi yozinglar
Ertaga abeddan keyin shu 4-5 lar atrofida boʻladi
   
11 dek 19:30:12
Umid Nortojiyev
Borussiya Dortmund va Barselona oyini qachon va soat nechida bolib o'tadi yozinglar
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика