"Golden Boy" sovriniga davogarlar nomi elon qilindi
16 iyu 2019 01:45
Yangiliklar


"Golden Boy" sovriniga davogarlar nomi elon qilindi
Tuttosport nashri Evropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini elon qildi.
Ro'yxatdan joy olgan futbolchilar 21 yoshdan oshmagan bo'lishi hamda qitaning kuchli chempionatlari harakat qilishi kerak bo'ladi. G'olib ko'zga ko'ringan nashrlardagi jurnalislarning ovoz berishiga ko'ra aniqlanadi.
Ro'yxatdan 100 nafar futbolchi joy olgan bo'lib, ularning orasida Matteys de Ligt («Ayaks»), Vinisius, Andrey Lunin (ikklasi — «Real»), Fil Foden («Manchester Siti»), Matteo Genduzi («Arenal»), Kallum Xadson-Odoi («CHelsi»), Jeydon Sancho («Borussiya» D), Kay Xaverc («Bayer»), Moyze Kin («Yuventus»), Janluiji Donnarumma («Milan») kabi nomlar bor. Umumiy ro'yxat bilan esa nashrning rasmiy sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili ushbu sovringa Matteys de Ligt loyiq ko'rilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar