Golban ham “Navbahor”da
26 jan 2016 22:55
Yangiliklar
Golban ham “Navbahor”da
Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan jamoamiz safiga bugun yana bir futbolchi kelib qo'shildi.
2015 yilgi mavsumni “Qo'qon-1912”
jamoasida o'tkazgan rossiyalik futbolchi Igor Golban bundan biroz oldin
“Navbahor”ning Toshkentdagi vaqtinchalik qarorgohiga etib keldi. Golban
2015 yilgi chempionat davomida qo'qonliklar safida 26 ta o'yinda ishtirok
etganligini qo'shimcha qilish joiz. Rossiyalik legioner ertadan jamoamiz
safida shug'ullanishni boshlaydi. Bundan tashqari, bugungi mashg'ulotlarda
himoyachi Azizbek G'ulomxo'jaevni ham qatnashganligini aytib o'tish kerak. Ushbu
futbolchi ayni paytda “Navbahor”da ko'rikdan o'tmoqda. Jamoamizning
Toshkentdagi yig'ini 30 yanvar kuni yakunlanadi. Yig'in so'nggida esa
Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
16:20
"Ajdarlar" chempionlik uchun navbatdagi qadamni tashlaydimi? "Navbahor" - "Nasaf" o'yiniga prevyu 10
Fikrlar