Godin: "Men "Atletiko"da baxtliman va bu klubda iloji boricha ko'proq qolmoqchiman"
20 dek 2014 11:17
Yangiliklar


Godin: "Men "Atletiko"da baxtliman va bu klubda iloji boricha ko'proq qolmoqchiman"
"Atletiko" va Urugvay terma jamoasi himoyachisi Diego Godinning takidlashicha, u yaqin vaqt ichida klubini o'zgartirmoqchi emas.
Oldinroq unga "CHelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
"Vaqt tez o'tmoqda va hech narsani oldindan aytib bo'lmaydi. Ammo hozircha "Atletiko"da baxtliman va bu klubda iloji boricha ko'proq qolmoqchiman. Angliyaga ko'chib o'tish niyatim yo'q.
Keyinroq Urugvayga qaytishim ham mumkin. Faoliyatimni vatanimda yakunlamoqchiman" - deydi Godin.

Fikrlar