Godin faoliyatidagi eng chiroyli va esda qolarli golni yodga oldi
03 may 2020 08:32
Yangiliklar


Godin faoliyatidagi eng chiroyli va esda qolarli golni yodga oldi
“Inter” himoyachisi Diego Godin “Atletiko” safida to'p tepgan yillarini eslab, 2013/2014 yilgi mavsumning so'nggi turida “Barselona”ga gol urib, jamoasining La Ligada g'olib chiqishiga hissa qo'shganligi haqida gapirdi.
“Barselona” darvozasiga urgan golim, hech shubhasiz, faoliyatimdagi eng yaxshi gol sifatida qadrlidir. Ispaniya chempionligini Barselonada qo'lga kiritish, yana o'sha uchrashuvda gol urish... Buni hech qachon unutib bo'lmaydi.
“Atletiko”da to'p tepganimda ko'plab esda qolarlik vaziyatlar bo'lgan. Ammo o'sha mavsumda safarda “Barselona”ga urgan golim men uchun eng yaxshisi va o'ylashimcha, ko'pchilik muxlislar uchun ham shunday”, dedi Godin Instagramidagi jonli efir vaqtida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar