Godin "Bavariya"ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
22 apr 2016, 16:41
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Malaga"ga qarshi Ispaniya chempionatining 35-tur bahsida jamoa himoyachisi Diego Godinni maydonga tushira olmaydi.

Urugvaylik futbolchi "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi uchrashuvini ham o'tkazib yuboradi.

Godin "Atletik"ka qarshi bahsda jarohat olgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, himoyachi 10-15 kundan so'ng safga qaytishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca