Goal.com: Runi “Manchester Yunayted” bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara olib borishni istamayapti
11 dek 2013 14:27
Yangiliklar


Goal.com: Runi “Manchester Yunayted” bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara olib borishni istamayapti
“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Ueyn Runi, klub rahbariyatining shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara olib borish taklifiga rad javobini berayapti.
Hujumchining “qizil iblislar” bilan tuzgan shartnomasi 2015 yilning yozida yakuniga etadi. SHu sababli klub Runi bilan yana to'rt yilga mo'ljallangan shartnoma imzolamoqchi.
Biroq futbolchining o'zi ham va uning agenti ham klub rahbariyati bilan muzokara olib borishni istamayapti. Ayni paytda Runi klubni tark etish niyatidan qaytmagan va evropaning boshqa top-klublaridan taklif kutayapti.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum Angliya chempionatida Ueyn Runi 10 gol urishga erishgan.

Fikrlar