Goal: Rakitich "Barsa"da qoladi
07 iyu 2020 23:24
Yangiliklar


Goal: Rakitich "Barsa"da qoladi
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich kelasi mavsumni ham katalon klubida o'tkazishga qaror qildi, deb xabar berdi Goal.
Xorvatiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Avvalroq Rakitichning o'zi "Sevilya"ga qaytishga qarshi emasligini bildirgandi.
Malumot uchun, u andalusiyaliklar safida 2011-2014 yillarda to'p tepgan, keyin "Barselona" futbolchisiga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar