Gleyzerlar muxlislarga vada berishdi
05 iyu 2021 10:35
Yangiliklar
Gleyzerlar muxlislarga vada berishdi
"Maqsadimiz - sovrinlar qo'lga kiritish. SHu boisdan biz akademiya, transferlar, murabbiyni qo'llab-quvvatlash uchun katta investiciyalar kiritishga tayyormiz.
"Old Trafford" - "Manchester Yunayted"ning yuragi, so'nggi 10 yilda biz stadionni tamirlash uchun 100 million funtdan oshiq mablag' ishlatdik.
O'z navbatida stadionni yanada ko'rkamlashtirish uchun loyihalar ishlab chiqqanmiz. Muxlislarimiz o'z stadioni bilan fahrlanishi uchun ular bilan maslahatlashamiz ham.
MYU doim sovrinlar yutishini va muvaffaqiyat qozonishini istaymiz. Klubga kelayotgan pullar doimo asosiy tarkibni barqaror ushlab turish uchun kerak bo'ladi.
So'nggi yillar davomida biz shu yo'ldan yuryapmiz. Transferlar uchun katta mablag' ishlatyapmiz va dunyoning eng ko'p maosh to'lanuvchi futbolchilari aynan bizda bo'lib turibdi", - dedi Joel Gleyzer.
Fikrlar