So’nggi yangiliklar

01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   2 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  6 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  1 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

Gilerme Ochoa - jahon chempionatlaridagi Meksika xaloskori yohud klublarga yolchimagan "devor" Yangiliklar

Gilerme Ochoa - jahon chempionatlaridagi Meksika xaloskori yohud klublarga yolchimagan "devor"

Meksika bugun Argentinaga qarshi maydonga tushadi, Saudlardan mag'lub bo'lgan Skaloni shogirdlariga bugun faqat va faqat g'alaba lozim.

Messi jamoasi uchun bugungi uchrashuv oson bo'lmaydi, chunki raqib — Meksika. Qiyin guruhdan joy olgan "Mayya" yurti vakillari birinchi turda Polsha terma jamoasiga qarshi qiyin uchrashuv o'tkazishdi. Nursiz durang bilan yakunlangan bahsda meksikaliklar darvozaboni qahramonlik ko'rsatdi, Robert Levandovski ijro etgan 11 metrlik zarbani Gilerme Ochoa osonlik bilan qaytardi va jamoasi uchun qimmatli ochkoni taqdim etdi. Qizig'i shundaki, Ochoa uchun jahon chempionatlarida bunday perfomans odatiy hol sanaladi. Lekin hayot shunday qiziqki, mundiallar qahramonining klublarda "ketmoni" uchmagan. Bugun biz uning faoliyatiga chuqurroq nazar solamiz.


"Amerika"dagi debyut va "Oltin to'p"ga davogarlik

1985 yilning 13 iyul sanasida Meksikaing Gvadalaxara shahrida tug'ilgan qahramonimiz bolalik davridan futbol bilan shug'ulannadi va 17 yoshidayoq Meksikaning "Amerika" klubida debyut qiladi. 2004 yildan boshlab "Amerika" klubining asosiy darvozaboni sifatida Meksika milliy chempionatida ishtirok etishni boshlaydi va o'sha vaqtlarda Meksika U-20 jamoasiga jalb etila boshlaydi, keyinchalik jamoa sardoriga aylanadi. Bir yil o'tar-o'tmas, 2005 yil Ochoa Meksika terma jamoasidagi debyut o'chrashuvini Vengriyaga qarshi o'tkazadi va 2:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoladi. SHu yilning o'zidayoq Ochoa professional faoliyatidagi birinchi sovrinini qo'lga kiritadi, darvozabon "Amerika" bilan Klausura (Meksika jamoalari ishtirok etadigan mahalliy turnir) g'olibiga aylanadi.

2007 yil Kopa Amerikaning guruh bosqichidagi Braziliyaga qarshi o'yinda Gilerme millat qahramoniga aylanadi, uchrashuvda 8 ta seyv amalga oshirgan darvozabon, yakunda Meksikaning 2:0 hisobida g'alaba qozonishiga katta hissa qo'shadi. Turnir so'ngida esa Meksika bronza medali sohibiga aylanadi. Darvozabon yorqin o'yinlari evaziga mashhur simulyator o'yini — FIFA 08 muqovasida ko'rinish beradi. 

2008 yildagi "Oltin to'p" nominaciyasida Ochoa top-30 davorgarlar orasidan joy oladi. Natijalar elon qilinganda, Ochoa 30-o'rinda qayd etiladi, bunday natija Meksika futboli uchun tarixiy voqealik hisoblanardi, chunki bundan avval hech qaysi meksikalik futbolchi "Oltin to'p" nominaciyasining davogarlar ro'yxatidan joy ololmagandi.


Uzoq kutilgan Evropaga yo'l olish va doping mojarosi

2008 yilgi qishki transferlar oynasida Ochoaga Evropaning "Arsenal", "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Atletiko Madrid" kabi grand klublari qiziqish bildirgandi, lekin ish so'nggi pallagacha etib bormadi. 

2010 yil Janubiy Afrika mamlakatida bo'lib o'tgan mundialda Ochoa asosiy tarkibdagi o'rnidan mahrum bo'ldi, bunga meksikalik mashhur sobiq darvozabon Antonio Karbaxalning tanqidlari sabab bo'ldi. Karbaxalning fikriga ko'ra, Ochoa uzoqdan yo'llangan zarbalarni qaytara olmas ekan. Meksikaning o'sha vaqtdagi bosh murrabiyi Xavier Aggire ham bu fikrga qo'shildi va "Krus Aral" jamoasi darvozaboni va Oskar Peresga ishonch bildirdi.

 

2011 yil esa Ochoaning faoliyatidagi eng katta fojia sodir bo'ldi va uning top jamoaga o'tish maqsadlari barbod bo'ldi, bunga sabab esa KONKAKAF turniridagi bahsdan so'ng topshirilgan doping testi edi. Meksika terma jamoasining tarkibidagi 4 ta o'yinchi doping testidan o'ta olmadi, futbolchilarning organizmida taqiqlangan klenbuterol (bu modda bronxial astma bilan kasallangan insonlarning dorisi tarkibida bo'ladi) moddasi topilgan. Ikki oydan so'ng nazorat kommisiyasi futbolchilarni doping qabul qilishmaganini isbotladi, aslida o'yinchilar turnir vaqti o'zlari bilmagan holda dopingli go'sht istemol qilishgan. Keyinchalik futbolchilar oqlandi, lekin endi kech bo'lgandi. Top klublar va aynan PSJ Ochoaning transferidan voz kechishgandi.

Doping mojarosiga qaramay, Ochoa 2011 yilda Franciyaning "Ayachcho" klubiga ko'chib o'tdi va 3 yillik shartnoma imzoladi. Uch mavsum davomida Ochoa ajoyib o'yinlar namoyish etdi va axborot manbalarining kuzatuvida edi. 2012/2013 yilgi mavsumda Ochoa PSJga qarshi uchrashuvida ajoyib o'yin namoyish etib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va jamoasiga bir ochko taqdim etdi, bir mavsum o'tib esa yana o'sha PSJga qarshi uchrashuvda 17 ta seyv amalga oshirdi (Liga 1 rekordi) va faqatgina 86-daqiqada darvozasidan gol o'tkazdi. Ushbu o'yin Ochoaning faoliyatidagi eng yorqin bahslardan biri bo'ldi.


JCH-2014. Braziliyaga qarshi uchrashuv va 8 ta seyv. Faoliyatining cho'qqisi

Jahon chempionatidagi Braziliyaga qarshi bahs oldidan jamoa murrabiyi Migel Errera va nihoyat Ochoaga ishonch bildirdi va u ishonchni oqladi (bungacha Ochoa 2006 va 2010 yildagi jahon chempionatlarida zaxiri o'rindig'ida o'tirgandi). Ochoa porlagan o'yinda 8 ta seyv amalga oshirdi va fantastik o'yin namoyish etdi, Neymarning havodan bergan zarbasini qaytargan Ochoaning seyvi hali ham barchaning ko'z oldidan ketmagan bo'lsa kerak.

"Hech qaysi darvozabon futbol tarixida Braziliyaga qarshi bunday o'namagan, Ochoa bugun qahramon bo'ldi" - deya takidlab o'tgan edi Ektor Errera.

"O'sha uchrashuv va turnirni doim eslayman va har doim o'sha bahs men uchun eng yaxshisi bo'lib kelgan, chunki o'shanda mundialda debyut qilgandim" - deya eslaydi Gilerme Ochoa.


"Malaga"dagi omadsizlik. Zaxiradagi ikki yil

Ochoa uchun fantastik tarzda o'tgan JCH-2014 dan so'ng, Ochoa "Malaga" bilan uch yillik shartnoma imzoladi. O'sha vaqtlardagi "Malaga"da katta rejalar bor edi. "Malaga"ga egalik qilgan qatarliq shayxlar Ochoaga ishonch bildirishdi, lekin aynan "Malaga" darvozabon faoliyatidagi eng katta omadsizlik bo'ldi. 2 yil davomida zaxirada o'tirgan darvozabon, 2016 yil 5 mart kuni La Liga doirasida "Deportivo"ga qarshi uchrashuvda debyut qildi. Zaxirada qolib ketgan qahramonimiz o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun 2017 yilning yozida "Granada"ga ijara asosida ko'chib o'tdi va bir mavsum ushbu jamoada o'ynadi. SHundan so'ng Ochoa Belgiyaning "Standard" jamoasiga o'tdi va uch mavsum chiroyli o'yin namoyish etdi.

Rossiya maydonlarida esa Ochoa odatdagidek ishonchli o'yin ko'rsatdi va amaldagi chempion Germaniyaning gol urishiga yo'l qo'ymadi. Guruhdan chiqqan meksikaliklar bu safar ham 1/8 finalda ishtiroklarini yakunlashdi.

2019 yil esa Evropadan xaridor chiqmagan Gilerme o'z vataniga, aniqrog'i "Amerika"ga qaytdi va hozirgi kungacha Meksika chempionatida faoliyatini davom ettirmoqda.

"Men o'z faoliyatimni juda muvaffaqiyatli deb uylayman", - deya aytib o'tgan edi posbon mahalliy nashrlar bilan bo'lgan muloqotda. - Har kim turlicha fikrlaydi, ayniqsa bunday sinovlardan o'tmagan odamlarda bu kapi gap-so'zlar uchraydi. Menga Evropada o'tgan yillarim juda qimmatga tushgan, lekin men o'ynagan jamoalarning muxlislari mendan minnatdor va meni hurmat qilishadi. Meksikalik darvozabonlar hali Evropada o'ynamagandi, men birinchisi bo'ldim. Maqsalarimga erishdim, dunyoning eng zo'r ligalarida, eng zo'r o'yinchilarga qarshi kurashdim va yaxshi o'yin namoyish etdim. Men baxtliman, 15 yoshimdan beri professional darajada o'ynayapman, 18 yoshimda terma jamoada o'ynashni boshladim va 5 ta mundialda qatnashdim. Bu baxt bo'lmay, nima?" – degan edi Ochoa.


Abdulvosit tayyorladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика