"G'ijduvon" jamoasi Toshkent shahrida mashg'ulot olib bormoqda
24 iyu 2019 17:24
Yangiliklar


"G'ijduvon" jamoasi Toshkent shahrida mashg'ulot olib bormoqda
V Pro-Liga vakili Buxoro viloyatining "G'ijduvon" jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi tur uchrashuvlariga tayyorgarlik olib bormoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Asqar Umarov boshchiligidagi g'ijduvonliklar kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib bormoqdalar.
Bugungacha "G'ijduvon" jamoasi safida uchrashuvlarda ishtirok etgan futbolchi Abbos Ikromov jamoani tark etib, Tojikiston Respublikasi chempionati azosi "Ko'ktosh" klubi safiga ko'chib o'tdi. SHuningdek joriy mavsumda Tojikiston chempionati vakili "Istaravshan" jamoasi safida harakat qilgan tajribali futbolchi Jamshid Hasanov yana "G'ijduvon" jamoasi tarkibiga kelib qo'shildi.
Jamoa bugun V Pro-Liganing yana bir vakili "CHig'atoy"ga qarshi nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar