Giggz: "Van Gal bilan munosabatim yomon? Matbuot vaziyatni bo'rttirib yuboryapti"
07 mar 2015 14:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/164633_original.jpg)
![](/upload/storage/164633_220.jpg)
Giggz: "Van Gal bilan munosabatim yomon? Matbuot vaziyatni bo'rttirib yuboryapti"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal yordamchisi Rayan Giggz gollandiyalik mutaxassis bilan munosabati yomonligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
"Bor kuchim bilan ishlayapman va jamoada o'tkazgan har bir daqiqadan rohatlanyapman. Bazida matbuot kichik narsadan katta mojaroni keltirib chiqaradi.
Menga van Gal bilan ishlash va undan murabbiylik sirlarini o'rganish yoqadi. U hamma sovrinni qo'lga kiritgan va bunday mutaxassis yonida katta tajriba to'plpyapman. U men bilan yaxshi munosabatda" - deydi Giggz.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar