So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

Geynrix yana g'alaba keltirdi yoxud O'zbekiston - Suriya 1:0 Yangiliklar

Geynrix yana g'alaba keltirdi yoxud O'zbekiston - Suriya 1:0

JCH-2018 saralashi doirasidagi O'zbekiston va Suriya o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

 O'yin mezbonlarning tezkor hujumlari bilan boshlandi. Biroq dastlabki xavfli vaziyat 15-daqiqada sodir bo'ldi. Ahmedov-Denisov-Rashidov kombinaciyasidan so'ng Rashidov jarima maydoniga to'p uzatdi, himoyachi to'pni sal qolsa o'z darvozasiga kiritib yuboray dedi.

27-daqiqada Jarima to'pidan uzatilgan to'pni Islom To'xtaxo'jaev darvozaga yo'lladi, Almeh o'z o'rnida. Birinchi bo'limda suriyaliklarning 3 nafar futbolchisi sariq kartochka olganini aytmasa boshqa aytarli vaziyat bo'lgani yo'q.

74-daqiqaga kelib nihoyat hisob ochildi. Burchak to'pidan so'ng Eldor SHomurodov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Odil Ahmedovning zarbasini posbon qaytardi, qaytgan to'pni zaxiradan o'yinga qo'shilgan Aleksandr Geynrix darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.

Uchrashuv oxirigacha bu hisob saqlanib qoldi va O'zbekiston uchinchi saralash bosqichini g'alaba bilan boshladi.


O'zbekiston - Suriya 1:0

1 sentyabr 2016 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 20:00

Hakamlar: Ryuji Sato, Toru Sagara, Xiroshi Yamauchi, Kimura Xiroyuki (barchasi Yaponiya)
Komissar: Tox Sen Ni (Malayziya)

Gol: Aleksandr Geynrix 74, - 1:0.

MATNLI TRANSLYACIYA

O'zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 18.Otabek SHukurov, 5.Anzur Ismoilov, 19.Vitaliy Denisov, 9.Odil Ahmedov, 7.Aziz Haydarov (14.Javohir Sohibov, 67), 8.Server Jeparov, 23.Eldor SHomurodov, 10.Sardor Rashidov (15.Aleksandr Geynrix, 56), 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 1.Eldorbek Suyunov, 2.Salamat Qutiboev, 3.Azimjon Ahmedov, 4.Marat Bikmaev, 6.Jasur Hasanov, 12.Ignatiy Nesterov, 13.Davronbek Hoshimov, 16.Stanislav Andreev, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Jamshid Iskanderov.

Suriya: 1.Ibrohim Almeh, 2.Ahmad Al Saleh, 3.Mouaiad Al Ajjan, 5.Omro Al Midani, 7.Nadim Sabog' (11.Osama Omari, 62), 8.Omar Xarbin, 9.Mahmud Al Mavas, 10.Abdulrazzoq Al Hussayin (19.Muhammad Rafat Muhtadi, 84), 15.Alaa Al SHbli, 16.Hamid Mido (20.Xolid Al Mbayed, 69), 18.Zohir Al Medani.
Zaxira: 22.SHohir Al SHokir, 23.Ahmad Madaniex, 4.Jihod Al Baour, 6.Amro Jeniat, 12.Txaer Kruoma, 13.Yusuf Kalfa, 14.Ahmad Ashkar, 17.Hussayin Al Jvayed, 21.Nassux Nakkdali.

Ogohlantirishlar: Omro Al Midani 26, Zohir Al Medani 39, Abdulrazzoq Al Hussayin 42, Ahmad Al Saleh 82.

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика