Germaniyalik darvozabon Ibragimovich haqida fikr bildirdi
20 may 2020 00:17
Yangiliklar
Germaniyalik darvozabon Ibragimovich haqida fikr bildirdi
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi darvoboni Kevin Trapp PSJda birga to'p tepgan sobiq jamoadoshi Zlatan Ibragimovich haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"U mashg'ulotlarga birinchi bo'lib kelar va barchadan keyin ketardi. Ibragimovichning ajoyib ruhiyati bor. Uning fel-atvori meni hayratga soladi. U bilan suhbatlashmoqchi bo'lganingizda yoki muammoga duch kelganingizda Zlatan har doim yordamga tayyor turadi. Ibragimovich juda murakkab shaxs, ammo har doim ijobiy tomondan. Undan ko'p narsani o'rgandim. Mashg'ulotlarda Zlatanning o'zini tutishidan g'alabaga bo'lgan xohishini payqash mumkin. U menda juda katta taassurot qoldirgan", — dedi Germaniya terma jamoasi darvozaboni.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli golkiper 2015-19 yillarda Parij klubida faoliyat yuritgandi.
Fikrlar